UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

YUNESKO Bosh konferensiyasi doirasida gidlar va yo‘l boshlovchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinmoqda

14.10.2025 1 daq o'qish 1

YUNESKO Bosh konferensiyasi doirasida gidlar va yo‘l boshlovchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-128-sonli “2025 yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2025-yilgi muhim tadbirga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 2024-yil 13–17-oktyabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida gid, ekskursiya yetakchisi hamda yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Mazkur kurslarda ishtirokchilarga tajribali va malakali mutaxassislar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda:

• xalqaro mehmonlar ishtirokidagi sessiyalarda muhokama qilinadigan mavzular tarjimasi va mazmunan to‘g‘ri yetkazilishi;

• diqqatga sazovor joylarga tashriflar davomida tarixiy ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;

• kiyinish madaniyati, etiket va kasbiy odob qoidalari;

• professional nutq va muloqot madaniyati bo‘yicha amaliy maslahatlar.

Mazkur kurslar gidlik faoliyatini yanada yuksak darajaga olib chiqish, mehmonlar bilan ishlashda yuqori madaniyat va tayyorgarlikka ega mutaxassislarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ulashish: