press

press

Juma, 27 Oktyabr 2023 12:11

Turmush – to‘rt mushtmi? Aslo!

      Joriy yilning 26-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va “Turizm menejmenti” fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova tashabbusi bilan talaba qizlarni oilaviy hayotga, turmush qurishga ham ma’nan, ham jismonan tayyorlash maqsadida “Turmush – to‘rt mushtmi? Aslo!” mavzusida ajoyib motivatsion trening o‘tkazildi.

      1, 2 va 3-bosqichda tahsil olayotgan qizlar tadbir ishtirokchisiga aylanishdi, unga universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova ham taklif etildi. Treningning nazariy qismida oila psixologiyasi klassifikatsiyasi tahlil qilindi. Amaliy qismida esa ruhiy xotirjamlik, emotsional barqarorlik ulashuvchi, jamoaviy jipslik va birdamlikni shakllantiruvchi relaksatsion mashq va texnikalar o‘ynaldi.

       Ajoyib tarzda o‘tgan trening barcha ishtirokchilarga xushkayfiyat va ko‘tarinkilik baxsh etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun universitet huzuridagi Samarqand shahri, Turkiston ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi hududida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi belgilangan. Talabalar turar joyini qurish, jihozlash,foydalanish,xizmat ko‘rsatish va qaytarish bo‘yicha xususiy tashabbuskor “Z-P-A” oilaviy korxonasi bilan universitet o‘rtasida 2023-yil 16-iyun sanasida №37-2023-sonli bitim imzolandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati 25 527 529 795 so‘m bo‘lib, shundan 13 527 529 795 so‘m qismi tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan, 12 000 000 000 so‘m qismi esa davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi “Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-sonli qaroriga asosan talabalar turar joyini qurish uchun tegishli tartibda davlat subsidiyasi mablag‘lari ajratilish bo‘yicha universitet tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligiga 2023-yilning 6-iyul sanasida 810-sonli xat bilan murojaat qilindi.

2023-yilning 26-iyul sanasida davlat subsidiyasining 4 000 000 000 so‘m miqdordagi qismi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligi tomonidan moliyalashtirildi va universitetning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga asosan                 2023-yilning 28-iyul sanasida 3 829 129 469 (25 527 529 795 so‘m 15%)  so‘m miqdordagi mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandi 2-xatboshi hamda  2023-yil                         7-sentabrdagi №1 sonli bajarilgan ishlar dalolatnomasiga asosan 2023-yilning                 29-sentabr sanasida 4 170 870 531  so‘m miqdordagi qo‘shimcha mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

 

2023-yil 29-oktabrda Turkiya Respublikasining 100 yilligi nishonlanadi. Ushbu muhim sana munosabati bilan 26- oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiya Respublikasining yuz yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Turkiyaning Samarqanddagi Bosh konsuli yordamchisi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori, prof. Chidem Janbay Turkyilmaz, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari taklif etildi. Tadbir davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov so‘zga chiqib, turk xalqini ushbu tarixiy voqea bilan tabrikladi. Tadbirda universitet talabalari ham Turkiya Respublikasining 100 yilligiga bag‘ishlangan she’rlarni o‘qib berishdi.

Joriy yilning 24-oktabr kuni universitetimizning bilimli va zukko talaba yoshlari o‘rtasida “Samarqand ZAKOVAT” klubi 1-liga 5-tur bahslari o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvida 105 nafar talaba yoshlar uchta  jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etishdi. Bellashuvda jamoalar tarix, falsafa, adabiyot kabi fanlardan berilgan savollarga javob berishga harakat qilishdi.   

Payshanba, 26 Oktyabr 2023 16:47

BESH TASHABBUS AMALDA - STOL TENNISI

Yurtimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus musobaqalari doirasidagi o‘yinlarni tashkil qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda. Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni sportga yanada qiziqtirish maqsadida joriy yilning

21-oktabr kuni sportning stol tennisi boʻyicha Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida bellashuvlar tashkil etildi.

Qizg‘in bahslarga boy boʻlgan bellashuvlarda universitetimiz talaba yoshlaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi.  

Payshanba, 26 Oktyabr 2023 16:22

BESH TASHABBUS AMALDA – VOLEYBOL

Joriy yilning 19-oktabr kuni Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning voleybol turu boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, ijobiy natija ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Chorshanba, 25 Oktyabr 2023 17:33

BESH TASHABBUS AMALDA - FUTBOL

Joriy yilning 20-oktabr kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari doirasida sportning futbol boʻyicha musobaqalar tashkil o‘tkazildi. Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni sportga yanada qiziqtirish maqsadida Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi bellashuvlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining talabalari ham faol ishtirok etib, ijobiy natijalarni qayd etishdi.

Chorshanba, 25 Oktyabr 2023 16:56

E’LON

Hurmatli o‘qituvchilar va tadqiqotchilar!

Sizlarni 2023-yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining 2-son kengaytirilgan yig‘ilishiga taklif etamiz.

Ushbu yig‘ilishda “Tillar” kafedrasi 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi Xalimova Nilufar Abduxafizovna tomonidan “XX asr o‘zbek hikoya va qissalarinig inglizcha tarjimalarida badiiy mahorat masalalari” mavzusida filologiya fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanayotgan dissertatsiyaning dastlabki natijalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Sana: 27.10.2023

Vaqt: 14:00

Joy: 207-xona

Chorshanba, 25 Oktyabr 2023 16:38

E’LON

Turmush – to‘rt mushmi? Aslo!

Ongimizga singib qolgan ushbu iboradan birgalikda qutulishga harakat qilamiz.

Buning uchun universitetimizning aziz talaba qizlarini 26-oktabr kuni soat 14:00 da 237-xonada bo‘lib o‘tadigan ajoyib motivatsion treningga taklif etamiz.

Chorshanba, 25 Oktyabr 2023 16:27

Universitetimiz obod maskanga aylanmoqda

Joriy yilning 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2021-yil 2 noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash va Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 16-sentabrdagi viloyat hududida 2023-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini tashkilotlar kesimida ekish bo‘yicha bergan  topshirig‘idan kelib chiqib “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishchi, xizmatchilari ham kuzgi ko‘chat ekish ishlarini olib borishmoqda. “Ko‘chat ekib bog‘ yarat” shiori ositida o‘tkazilayotgan tadbirda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan birga, manzarali ko‘chatlar ekilmoqda.

Ahamiyatlisi, oliygoh hududiga jami 174 ta kashtan, lipa, chinor, qarag‘ay, archa va ginka biloba kabi daraxt ko‘chatlari ekildi.

59 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar