press

press

Joriy yilning 26-oktabrida Rossiya davlat neft va gaz universitetining  Toshkent shahridagi filialida “Tyutorlar faoliyatini tashkil etish” mavzusidagi seminar-treningda universitetimizning tajribali tyutorlaridan Pirnazar Islomov ishtirok etdi.

Seminarda spikerlar tomonidan “Tyutorlar faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlari” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, unda tyutorlarning majburiyatlari,  maqsad va vazifalari,  faoliyat yo‘nalishlari  xususida fikrlar bildirildi. 

Bundan tashqari seminar treningda tyutorlik faoliyatini yuritish maqsadida 30 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanilishi, uning faoliyati modeli, kasbiy kompetensiyasi, ishni tashkil qilish va yuritish texnologiyalari, ota-onalar bilan ishlash mexanizmi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Egamberdiyeva “Oliy ta’lim muassasalarida oila-mahalla-jamoat tashkilotlari hamkorligini tashkil etish, talaba-qizlar bilan amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar mazmuni” mavzusida ma’ruza qildi.

Samarqand viloyatidagi Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi yo‘nalish koordinatorlari va talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Silk Road” jamoasiga, 2-o‘rin Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Ligeon” jamoasiga, 3-o‘rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Gambit” jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalarga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Samarqand viloyat Kengashi raisi D.Azizova tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Turizm menejmenti” kafedrasida darslar amaliyot bilan uzviylikda tashkil qilinmoqda. Kafedra o‘qituvchisi Charos Maxmadiyeva “Oziq-ovqat mahsulotlari va vino turizmi” fani darsida talabalar bilan amaliy darslar tashkil qilib kelmoqda.

Turizm menejmenti kafedrasi tomonidan “Restoran biznesini boshqarish” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Mehmonlarga yuqori darajada  xizmat ko‘rsatish” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.

Ekspert – “Soft Business Group” hududiy direktori Xurshed Xojiev talabalarni HoReCa sanoatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan R_keeper dasturi imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Talabalar bo‘lajak tadbirkor, menejer, ish yurituvchi sifatida restoran, ombor va ishlab chiqarishni boshqarish uchun mavjud vositalar bilan tanishdi va restoran xodimlarining samarali ishini tashkil etish, mehmonlarning doimiyligini ta’minlash uchun innovatsion texnologik yechimlar bilan yaqindan tanishdi. Elektron menyu, aqlli tadbir video monitoring, kassa hududi tizimi, stolni avtomatik bron qilish tizimi, restoran faoliyatini masofadan kuzatish tizimi, yetkazib berish xizmatini avtomatlashtirish tizimi va boshqalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonning tarixiy shahri – Samarqandda ilk bor BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirga sanoqli kunlar qoldi.

Bugun biz CRIC-21 nima ekanligini va ushbu voqelikning dunyo hamjamiyati uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.

“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan universitetimiz talabalariga jahon brendlari ega mehmonxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Samarqand shahridagi “Hilton Garden Inn” mehmonxonasida universitetimiz talabalari uchun amaliy dars tashkil etildi. Mehmonxona bosh menejeri Dmitriy Karpov bilan birga, talabalar mehmon maydoni, fitnes markazi, konferentsiya zallari va mehmonxona xonalari bilan tanishtirildi. Mehmonxona bosh menejeri har bir bo‘limning vazifalari, mehmonxona siyosati va maqsadlari haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, “Mehmondo‘stlik sohasida tadbirlarni tashkil etish” mavzusida taqdimot qilindi.

Universitetimiz tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Baymatova Munira Abduvalievna Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi loyihasida O‘zbekiston uchun ixtisoslashtirilgan koreys tili o‘qituvchisi uchun darslik, ish daftarchasi va kitob tarjimoni sifatida ishtirok etdi.

Joriy yilning 16-19 oktyabr kunlari Rossiyaning Stavropol shahrida “Kavkaz – Kaspiy – Sharq” xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 60 ta universitetdan 160 dan ortiq vakillar ishtirok etdi. Forum Rossiya, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh yetakchilari uchun muloqot maydoniga aylanish bilan birga, do‘stona aloqalarni mustahkamlash, kasbiy mahorat va malakalarini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish kabi maqsadlarga qaratilgan. Stavropoldagi forumda 25 davlatdan vakillar yig‘ilgan bo‘lsa, ular orasida Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Iroq, Livan, Suriya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan yoshlar bilan birga, universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonov ham faol ishtirok etdi.

Joriy yilning 31-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi hamkorligida o‘zbekistonlik va xitoylik rassomlarning eng sara asarlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘z olgan Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov bugungi kunda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarning kundan-kunga mustahkamlanib borayotganligiga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda xitoylik va yurtimizdan bo‘lgan rassomlar universitetda madaniy merosni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar, rasmlar ko‘rgazmasining ahamiyati xususida gapirdi. Shuningdek tadbirda xitoylik rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga taqdim qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Yoshlarga oid masalalarda, zamon talablari asosida yangicha mexanizmlarni tadbiq etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini muntazam o‘rganib borish va O‘zbekiston sharoitiga mos, milliy xususiyatlarimizga javob beradigan metodlarni joriy etib borilmoqda.

Joriy yilning 30-oktyabr kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan “Prorektor va talabalar" uchrashuvida ham yoshlarni har tomonlama tashqi ta’sirlardan muhofaza qilish, ta’lim olish huquqlari, iqtidorli yoshlarga nisbatan davlat ko‘magini amalga oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiyaga oid ijobiy o‘zgarishlar xususida gapirdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda talaba, yoshlar tomonidan ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvtalash bo‘yicha zarur choralar tadbirlar belgilab olindi.

57 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar