Joriy yilning 16-19 oktyabr kunlari Rossiyaning Stavropol shahrida “Kavkaz – Kaspiy – Sharq” xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 60 ta universitetdan 160 dan ortiq vakillar ishtirok etdi. Forum Rossiya, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh yetakchilari uchun muloqot maydoniga aylanish bilan birga, do‘stona aloqalarni mustahkamlash, kasbiy mahorat va malakalarini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish kabi maqsadlarga qaratilgan. Stavropoldagi forumda 25 davlatdan vakillar yig‘ilgan bo‘lsa, ular orasida Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Iroq, Livan, Suriya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan yoshlar bilan birga, universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonov ham faol ishtirok etdi.