Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.
Yoshlarga oid masalalarda, zamon talablari asosida yangicha mexanizmlarni tadbiq etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini muntazam o‘rganib borish va O‘zbekiston sharoitiga mos, milliy xususiyatlarimizga javob beradigan metodlarni joriy etib borilmoqda.
Joriy yilning 30-oktyabr kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan “Prorektor va talabalar" uchrashuvida ham yoshlarni har tomonlama tashqi ta’sirlardan muhofaza qilish, ta’lim olish huquqlari, iqtidorli yoshlarga nisbatan davlat ko‘magini amalga oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.
Uchrashuvda universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiyaga oid ijobiy o‘zgarishlar xususida gapirdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda talaba, yoshlar tomonidan ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvtalash bo‘yicha zarur choralar tadbirlar belgilab olindi.