press

press

Seshanba, 14 Noyabr 2023 14:07

“Tog‘da bir kun” loyihasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Urgut tumanining Tersak turizm qishlog‘ida “Tog‘da bir kun” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida milliy o‘yinlar, musobaqalar, hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida  “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan Osh chempionatida universitet yoshlar yetakchisi S.Haydarov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 23-24 oktabr kunlari universitetimiz bo‘lim boshlig‘i Kadirova Irina Indenoziyaning Jakarta shahridagi Milliy universitetda bo‘lib o‘tgan  “Osiyo davlatlarida turizmining kelajagi: istiqbol va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

Universitetimiz bo‘lim boshlig‘i o‘z ma’ruzasida bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasi kun sayin ravnaq topayotganligi va bu yo‘nalishda ta’limda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Samarqand viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi huzuridagi Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘quvchilari, joriy yilning 9-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar  Turk Dunyosiga oid milliy-kiyimlar galereyasi, kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida, Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi va universitet o‘rtasida  o‘quvchilar uchun psixologik, korreksion-pedagogik yordam va  o‘quvchilarni ijtimoiy sohadagi moslashuvini tashkillashtirishda amaliy yordam berishga kelishilib olindi.

Juma, 10 Noyabr 2023 17:39

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi talabalar uchun “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni doirasida loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga loyihalar 3 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:      

-  amaliy loyihalar

-  startap loyihalar

-  ilmiy loyihalar

Tanlovda ishtirokchilar jamoaviy hamda yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga arizalar 2023-yilning 27-dekabriga qadar https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeaPWV_58l9Mj0zfkD8jBqWbLD6LJatcBiAXuM2uflVsgcgwQ/viewform?usp=sf_link  platformasi orqali elektron qabul qilinadi.                 

Tanlovda eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflariga 1-o‘rin uchun BSM (bazaviy stipendiya miqdori)ning uch baravari, 2-o‘rin uchun BSMning ikki baravari, 3-o‘rin uchun BSMning bir baravari miqdorida pul mablag‘lari bilan  rag‘batlantiriladi.

Juma, 10 Noyabr 2023 17:28

Ilmiy soha vakillari uchun seminar

Joriy yilning 15-noyabr kuni soat 14:30da universitetning 108-xonasida Toshkent shahridagi Westminster xalqaro universiteti tayanch doktoranti Raximova Nilufar hamda universitetimiz “Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi”  tomonidan 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda barqaror turizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etilmoqda.

Ushbu mavzuga qiziquvchi barchani seminarga taklif etamiz.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygohimizning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan “Eng yaxshi innovatsion loyihalar” tanlovi yakunlari bo‘yicha 3 ta o‘rin aniqlab olindi. Natijalarga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari 1-oʻrin uchun “Bazaviy stipendiya miqdori”ning uch baravari, 2-oʻrin uchun ikki baravari va 3-o‘rin uchun bir baravari miqdorida pul mablag‘lari  va sertifikatlar bilan ragʻbatlantirildi.

Ma’lumki, joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda universitetimiz talaba-yoshlari ham volontyor sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Kuni kecha Quvayt davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan, O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga Quvayt davlati delegatsiyasiga hamrohlik qilgan volontyor talabamiz Erkinov Rustam nomiga Minnatdorchilik xati yuborilgan.

Universitetimiz jamoasi ham ushbu talabamizning nufuzli tadbirdagi samarali mehnatining e’tirofi bilan qutlaymiz. 

Xat ilova qilinadi
Minnatdorchilik xati

2023-yilning 25-noyabr kuni soat 11:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Samiyev Siroj Saitovichning  08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hududlarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Universitetimiz talabalaridan bir guruhi joriy yilning 3-noyabr kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi huzuridagi “Chavandozlar maktabi” hududiga sayohati tashkil qilindi. Shu kuni harbiy xizmatchilar va talabalar o‘rtasida ot ustida kurash turi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Unda ishtirokchi polvonlarning chapdastligi, ot minish mahorati namoyon bo‘ldi.

Universitet talabalari ham ot ustida kurashda faxrli o‘ringa sazovor bo‘ldi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasining ikkinchi kotibi, Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori, janob Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni universitet prorektori J.Xoffman kutib oldi. Ma’lumki, bugungi kunda universitetimizda dunyoning ko‘plab davlatlari qatori Hindistondan ham 6 nafar talaba tahsil olmoqda. Tadbirlar doirasida dastlab mehmonlar universitetimiz talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarga bugungi kunda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganligi xususida fikrlar bildirildi. Yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shundan so‘ng mehmonlar hindistonlik rassomlar ijodiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi va hind milliy taomlari bilan tanishdi. 

Anjuman yakunida faol va iqtidorli talabalarga sertifikat va esdalik sovg‘alar topshirildi.

55 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar