Payshanba, 09 Noyabr 2023 14:43

Universitetimizda Hindiston madaniyati va san’ati kunlarini keng nishonlashdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasining ikkinchi kotibi, Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori, janob Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni universitet prorektori J.Xoffman kutib oldi. Ma’lumki, bugungi kunda universitetimizda dunyoning ko‘plab davlatlari qatori Hindistondan ham 6 nafar talaba tahsil olmoqda. Tadbirlar doirasida dastlab mehmonlar universitetimiz talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarga bugungi kunda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganligi xususida fikrlar bildirildi. Yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shundan so‘ng mehmonlar hindistonlik rassomlar ijodiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi va hind milliy taomlari bilan tanishdi. 

Anjuman yakunida faol va iqtidorli talabalarga sertifikat va esdalik sovg‘alar topshirildi.

O'qilgan 637 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar