press

press

Universitetimizning Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov, “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri A.Odilov, “Tillar” kafedrasi mudiri T.Sultanov va O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulovlar yaqinda Turkiyaning Marmaris shahrida Alanya va Beykent universitetlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan “5-Xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro kongressi”da ishtirok etishdi.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan kongress ishtirokchilariga O‘zbekistonda turizm sohasi rivojlanishi yo‘lida olib borilayotgan islohatlar, nomoddiy madaniy merosning turizmdagi o‘rni va Samarqandning turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot qilib berildi. O‘ndan ortiq davlatdan ishtirok etgan kongress qatnashchilarida so‘nggi yillarda yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar ijobiy taassurot qoldirdi.

Joriy yilning 23-24-noyabr kunlari Shvetsariyaning “Helvetas Swiss Intercoperation” tashkitlotining O‘zbekistondagi vakillari hamda Mehmondo‘stlik boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha dunyoga mashhur EHL Mehmondo‘stlik biznes maktabi vakili Sсott Ryan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlar  Samarqand turizm akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumki, ushbu akademiya faoliyati turizm sohasining yanada ravnaq topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shundan so‘ng mehmonlarga Samarqand turizm akademiyasining buguni va kelajagi xususida universitet kafedrasi o‘qituvchisi Artyom Klyukov va Shvetsariyaning “Helvetas Swiss Intercoperation” tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari hamda Mehmondo‘stlik boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha dunyoga mashur EHL Mehmondo‘stlik biznes maktabi vakili Scott Ryan tomonidan ham tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. Amaliy tashrif davomida ikki tomon vakillari tomonidan turli xil yo‘nalishdagi foydali dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. 

Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimizga Koreya Respublikasining EGIS Co.Ltd kompaniyasining global marketing bo‘yicha bosh direktori Kvang Se Lee va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish markazining jamoaviy ishlar bo‘yicha menejeri Bekzod Komilovlar tashrif buyurdi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan O‘zbekistonda GIS va raqamli egizak texnologiyalar (digital twin technologies) asosida madaniy merosni boshqarish va ulardan foydalanish sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha ODA loyihasi ishlab chiqilayotganligi hamda ilg‘or 3D GIS va raqamli egizak texnologiyalar asosida amalga oshirilishi kutilayotgan loyiha haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihaga amaliyot tarzida universitet talabalarini jalb qilish imkoniyatlari haqida o‘zaro fikr almashildi.

Dushanba, 27 Noyabr 2023 10:27

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz

“25 – noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka  barham berish xalqaro kuni” ga bag‘ishlab “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubi a‘zosi Muqaddasxon Sadinova “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida  “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasiga bag‘ishlangan rolik tayyorlagan.

2023-yil 23-noyabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (tayanch doktorantura (PhD) va stajor-tadqiqotchilikka o‘qishga kirish uchun imtihon hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon va suhbat jarayonlarida ishtirok etgan jami 15 nafar talabgorlardan 9 nafari tayanch doktoranturaga , 5 nafari mustaqil izlanuvchilikka hamda 2 nafari stajor tadqiqotchilikka o‘qishga kirishga nomzodlar sifatida ishtirok etishdi. Imtihon natijalariga ko‘ra 2 nafar nomzodlar 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga, 3 nafar taabgorlar (2 nafar talabgorlar 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha, 1 nafar 08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha) mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hamda bir nafar nomzodlar stajor tadqiqotchilikka o‘qishga tavsiya etildi. Quyidagi keltirilgan baholash qaydnomasida imtihon natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Natijalar.pdf

Joriy yilning 23-noyabr kuni Samarqand shahridagi 72-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida universitet bo‘ylab tanishtiruv tashkil etildi. Tanishtiruv davomida universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoyitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Joriy yilning 24-noyabr kuni oliygohimiz yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova va “Students Parlament” Prezidenti Emir Zeytullaev, tyutor G.Xusainova tomonidan birinchi bosqich talaba-yoshlar ishtirokida xalqimizning milliy urf-odatlari va milliy hamda zamonaviy liboslarni  keng targ‘ib qilish maqsadida “Fashion day” tadbiri o‘tkazildi. Dastlab tadbirda birinchi bosqich talablari o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda milliy va zamonaviy kiyimlarni namoyish qilishdi. Talaba qizlarimiz tomonidan adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslari namoyish qilingan bo‘lsa, yigitlarimiz tomonidan bugungi kunda urf bo‘lgan zamonaviy kiyimlar namoyish qilindi. Har bir chiqish hakamlar tomonidan baholab borilib, yakunda g‘oliblar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, “Mantour-123” jamoasi 3-o‘rin, “Mantour-223” jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, birinchi o‘ringa “Tour-123-223” jamoasi munosib ko‘rildi. Jamoalarni taqdirlash marosimida universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov so‘z olib birinchi bosqich talabalarining g‘ayrat, shijoati xususida gapirib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi va g‘oliblarni taqdirladi. Tadbirda talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangrab barchani o‘yinga chorladi.

Payshanba, 23 Noyabr 2023 12:16

Psixologlarni birlashtirgan kun

22-noyabr kuni butun dunyoda “Xalqaro psixologlar kuni”sifatida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, 21-22-noyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Hozirgi zamon psixologlari. Muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva ham qatnashdi.   

Anjumanda butun O‘zbekistondan kelgan yuzdan ortiq psixolog mutaxassislar ishtirok etishdi. Seminarning yalpi majlisida ma’ruzachilar tomonidan inson psixologiyasi, unga yondashuv usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ular yuzasidan fikr, tajriba almashildi. OTM psixologlarining maqsadli auditoriyasi sanalmish – talabalar bilan ishlashda samarali natija beradigan amaliy metodikalar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida mantiqiy fikrlash, psixologiya sohasiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini ham qiziqarli tarzda o‘tkazildi va unda “Donolar” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Seminar yakunida esa Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi o‘quv kampusi bo‘ylab info-tur o‘tkazildi. Mehmonlar universitet tarixidan so‘zlovchi unikal muzeyni tomosha qilishdi.

Universitetimiz jamoasi nomidan hurmatli psixologimiz Dildora Turdiyevani kasb bayramlari bilan chin dildan qutlaymiz va kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

2023-yil 22- noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Shaxnoza Kadirova va ikkinchi bosqich Mantour 122-guruh talabalari Samarqand shahridagi “Continental” mehmonxonasida “Daromad va taqsimotni boshqarish” fanidan talabalar bilan birgalikda mehmonxonaning qay darajada faoliyat yuritilishini, daromadlarni boshqarish usullarini, onlayn sayohat agentligida tutgan o‘rnini, xonalar soni va turiga qarab narxlarning farqlanishi, haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni mehmonxonaning daromadlarini samarali boshqarish, ko‘zda tutilgan harajatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mehmonlarga sifatli xizmatlarni ko‘rsatish hamda yuqori darajaga erishish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash amaliyotlari bilan yaqindan tanishish va o‘z ko‘nikmalarini oshirishdan iborat edi.

Payshanba, 23 Noyabr 2023 10:34

E’LON!

2023-yil 4-dekabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatiga yanada kengroq jalb qilish maqsadida “Turizm tadqiqotlarida ma’lumotlar to‘plami (Big Data) va nazariy boshqaruv dizaynini qo‘llash” mavzusida seminar trening tashkil etilmoqda. Seminar trening davomida professor Hengyun (Neil) Li o‘zing ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: professor Hengyun (Neil) Li Gongkong politexnika universiteti mehmonxona va turizm menejmenti fakulteti professori hisoblanadi.

Ushbu seminarga barcha professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni taklif etamiz.

Seminar o‘tkazilish joyi: universitet binosi 229-xona.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 2023-yil 4-dekabr soat 14:00

51 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar