press

press

Joriy 19-dekabr kuni oliygohimiz talabalari tomonidan “Ipak yo‘li savdosi mo‘jizalari” nomli qiziqarli teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. Bu tomosha nafaqat talaba-yoshlarning ijodiy ishi, balki bo‘lg‘usi arxeologlarning usta guruhi tomonidan mohirlik bilan tashkil etilgan ta'lim ko'rgazmasi sifatida ham tashkil qilindi.

Ushbu teatrlashtirilgan tomoshalarda qadimdagi “Ipak yo‘li” bozorini o‘zida aks ettirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ma’lumki, pedagogikada talabalarga ma’lum bir voqelikni yetkazib berishda teatr tomoshalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan talabalar tomonidan tashkil qilingan tomoshada “Ipak yo‘li”ning jonli o‘tmishiga yana bir nazar tashlandi. Sahna ko‘rinishlari orqali tarixda Samarqanddan Xitoyning Sian shahrigacha bo‘lgan turli sivilizatsiyalar, savdo yo‘llari tarmog‘ining faoliyati namoyish qilindi.

Sanoqli kunlardan so‘ng yurtimizga yangi yil kirib keladi. Ushbu yangi yil bayrami munosabati bilan joriy yilning 18-dekabr kuni bayram tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish dasturi ishlab chiqildi. Dastlab ushbu dastur asosida universitet bayramona bezatildi va talabalar uchun tadbirlar yuqori saviyada tashkil etish ishlari amalga oshirila boshlandi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Talabalar Parlamenti tashabbusi bilan talaba-yoshlar uchun “Yangi yil qo‘shiqlari” karaoke tadbiri va “Yangi yil mafiyasi” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Joriy yilning 19-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva tomonidan “Orzular xaritasi” nomli ajoyib aksiya o‘tkazildi.

Orzu-istaklaringiz amalga oshishini xohlaysizmi? Ularni albatta qog‘ozga tushiring! Gap shundaki, biz o‘z o‘y-fikrlarimizni yozayotganimizda, orzu-maqsadlarimizni qayd etayotganimizda butun diqqat-e’tiborimizni shunga qaratamiz. Diqqatimiz qayerda bo‘lsa, demak energiyamizni ham o‘sha yerga yo‘naltiramiz. Bu esa ularning amalga oshishi uchun eng katta kuch hisoblanadi.

Shu maqsadda, universitet jamoasi, talabalari ham kirib kelayotgan 2024 yilda amalga oshirishni rejalashtirgan orzu-maqsadlari, niyatlari, istaklarini yozib, orzular xaritasiga ilib qo‘yishdi. Diltortar musiqa ohanglari ostida o‘tgan ajoyib tadbir barcha ishtirokchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi va bayram nafasini his etish imkonini berdi.

Joriy yilning 15-16 dekabr kunlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universitetida “Raqamli iqtisodiyotda turizmni rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari, shartlari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada universitetimiz prorektori Toni Zou “AI va Smart Destination: chegara nazariyalari va eng yaxshi amaliyotlar” mavzusida ma’ruza qildi. Toni Zou o‘z mar’uzasida AI texnologiyasidagi taraqqiyotni va uning turizm sohasida, ayniqsa turizm yo'nalishida qo'llanilishini ko'rib chiqdi va tadqiqot va ishlab chiqarish amaliyotini yaratish xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Konferensiyada Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov, Rossiya, Polsha, Tojikiston, Hindiston, Germaniya va O‘zbekiston olimlari ishtirok etdi.

Yaqinda universitetimizga Pastdarg‘om tumanidagi Prezident maktabi  bitiruvchilari tashrif buyurishdi va oliygoh hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. O‘quvchilarda bu yerda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar juda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Ayniqsa talabalar uchun auditoriyalarning zamonaviy tarzda jihozlanishi, turli tillardagi kitoblarga boy kutubxona o‘quvchilarning universitetimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshishiga xizmat qildi. 

Dushanba, 18 Dekabr 2023 12:14

Sog‘lom qizlar-yurt tayanchi

Joriy yilning 15-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova talaba-qizlar o‘rtasida “Tibbiy madaniyatni oshirish”, “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish” mavzularida qator soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda oliygoh xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova so‘z olib xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash haqidagi qonunning mazmun mohiyati”, “Qizlar gigienasi farovon oila asosidir”, “Kelajak- bo‘lajak onalar qo‘lida” mavzularida o‘z fikr-mulohazalarini bildiridi. Tadbir davomida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova, “Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda Samarqand shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori Klara Usmonova tomonidan  talaba-qizlar o‘rtasida “Erta nikoh va erta tug‘ruq hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Qizlar gegienasi salomatlik garovi”, “Oilada tibbiy madaniyatning o‘rni” mavzularida zarur  tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mutaxassislar tomonidan oila, uning asosiy vazifasi va nikoh to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berilib, talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.   

Joriy yilning 21-24 noyabr kunlari universitetimiz o‘qituvchisi Nargis Nurulla-Xojaeva Istanbulda o‘tkazilgan “Usmonli dunyosida astronomik bilimlarni uzatish kanallari (14-18 asrlar)” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdi. Istanbul universitetining fan tarixi kafedrasi va institut tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan konferensiya 14-asrdan 18-asrgacha Usmonli imperiyasida astronomik bilimlarni ishlab chiqarish evolyutsiyasi va metodologiyasiga bag‘ishlandi.

Konferensiya yakunida universitetimiz professoriga ishtirokchi sifatidagi sertifikat topshirildi.   

Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab universitet jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bilimlar bellashuvida jamoalar ijtimoiy va gumanitar fanlardan tushgan savollarga aniq javob berishga harakat qilishdi.  

Talaba-qizlarni nafaqat yetuk kadr bo‘lishlari, balkim ibratli oila bekasi bo‘lishlari uchun ham barchamiz mas’ulmiz.

Joriy yilning yilning 12-dekabr kuni beshta muhim tashabbus hamda “Pazandachilik sirlari”  to‘garagi doirasida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi  М.Abbasova  hamda kengash qoshida tuzilgan “Qizlarjon” klubi a’zolarining lider qizlari tomonidan birinchi bosqich talabalariga milliy taomlar tayyorlashning sirlari, sabzavotlardan salat hamda mevalardan karvin tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Dastlab tadbirda talabalarga “Turizm  menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova o‘zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida o‘ziga xosligi, xilma-xilligi bilan farqlani xususida gapirish bilan birga, ularni tayyorlashning o‘ziga xos jihatlarini va dasturxonga tortish tartibi haqida batafsil tushuntirib berdi.

Lider qizlarning milliy taomlar tarixi to‘g‘risidagi fikrlari va tayyorlagan sabzavotli salatlari hamda mevalardan tayyorlagan  karvinlari ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Payshanba, 14 Dekabr 2023 15:33

Talabalar diqqatiga!

Yaponiyaning Tokio shahridagi Haneda xalqaro aeroportida amaliyot o‘tash uchun qabul e’lon qilinadi. Muddati 3 oy. Dasturning qiymati 200$ AQSh dollar.

To‘laniladi:

  • Aviachiptalar
  • Aeroportda kutib olish
  • Yashash (kommunal xizmatlar va internet(WIFI))
  • Ish bilan ta’minlash
  • Amaliyot oxirida sertifikat
  • Transfer
  • Favqulodda yordam
  • Yaponiyada qolish davomida qo‘llab-quvvatlash
  • Madaniy dastur (ekskursiyalar)

Kuniga 8 soat ish, kuniga 2 soat tanaffus, haftasiga 2 kun dam olish. Ish haqi 612 $ oyiga.

3 months Internship at Haneda

46 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar