press

press

Joriy yilning 2-3-dekabr kunlari oliygohimiz talabalar amaliyot bo‘limi tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshida tashkil etilgan “UNWTO Xalqaro Turizm Akademiyasi”da talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur Akademiyada bir qancha yo‘nalishlar qatorida qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan oshxonasi ham zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib foydalanishga topshirilgan.

Qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha 15 yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Dildora Jurakulova tomonidan 16 nafar talaba va magistr qizlar uchun master-klass o‘tkazildi va sakkiz xil turdagi shirinliklar tayyorlash sirlari o‘rgatildi. Bu jarayon ayniqsa, xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalarimiz uchun juda qiziqarli bo‘ldi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar kelgusida ko‘plab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov barchani 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan qutladi. Ma’lumki, joriy yilning 30-aprelida o‘tkazilgan umumxalq Referendumida hamyurtlarimiz Yangilangan Konstitutsiyaga ovoz berishdi. Bosh qomusimiz xalqimizning milliy qadriyatlarini o‘zida ifoda etganligi va demokratik talablarga javob berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bayram tadbirida oliygohimizning birinchi bosqich talabalari tomonidan sahnalashtirilgan teatr tomoshalari va  turli millatlarning urf-odatlarini o‘zida aks etgan ko‘y-qo‘shiqlar namoyish qilindi.

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti ta’lim markazi direktori, prof. Luo Xingqing boshchiligidagi Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetining 25 nafardan iborat o‘qituvchi va talabalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitetimiz prorektori, prof. Toni Zou qabul qildi va bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga va unga malakali mutaxassislar tayyorlab berish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek mehmonlarga Turizm Akademiyasining faoliyati unda amalga oshiriladigan vazifalar, nazariya bilan amaliyotning hamohang olib borilishi xususida gapirib berdi. Shuningdek mehmonlar ham Samarqand ularda juda katta taassurot qoldirganligi, bundan tashqari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

Juma, 01 Dekabr 2023 18:12

E’LON

2024-yil 4-7-fevral kunlari Kuvayt Davlatining Ilmiy Klubi tomonidan “Yaqin sharq ixtirolari” o‘n to‘rtinchi xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan va g‘olib bo‘lgan ixtirochilarga pul mukofotlari topshiriladi. Internetda “The International Invention Fair of the Middle East (IIFME)” nomi ostida www.iifme.com veb – saytida keltirilgan ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqib, oliy ta’lim muassasalarda tahsil olayotgan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli fuqarolarning Kuvayt tashkiloti bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘lanib, mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish choralarini ko‘rishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan to‘ldiriladigan anketalarini online tartibda tashkilotchilarga yuborish kerak. Ariza shakli ilova qilinadi.
Ariza shakli
ilova_3

Joriy yilning 30 noyabr kuni Pekin Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi direktorining o‘rinbosari Jinsi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. O‘zaro muloqot davomida bugungi kunda “Ipak yo‘li ” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xitoyning qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatligi va Xitoydan 10 nafar talabalar oliygohimizda tahsil olayotganligi xususida aytildi. Shuningdek  Pekin Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi direktorining o‘rinbosari Jin si ham Samarqand turizm darvozasi ekanligi, turizm va ta’lim sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ikki tomon uchun ham foydali ekanligi xususida gapirdi. Uchrashuvda universitetimiz prorektorlari J.Hoffman va Toni Zou va boshqalar fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada yaxshilash, o‘zaro tajriba almashish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Juma, 01 Dekabr 2023 16:20

Salomatlik tuman boylik

2023-yil 30-noyabr  kuni Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi va tyutorlar tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari  uchun “Yoshlar  reproduktiv salomatligini mustahkamlash –jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori Usmonova Klara Jalilovna tomonidan   “Reproduktiv tizim salomatligi”, “Oilada tibbiy madaniyatning o‘rni” va  universitet Xotin-qizlar kengashi raisi tomonidan “Erta nikoh  va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”  mavzularida ma’ruzalar tinglanib, bahs-munozara tashkil etildi.  

Reproduktiv salomatlik, ya’ni ayolning qachon va qanday sharoitlarda ona bo‘lishini nazorat qilish, onaning ham va undan tug‘ilajak bolaning ham salomatligi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish degani, shu kabi mavzularda talabalar bilan suhbat tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

Tadbirda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova оila, uning asosiy vazifasi va nikoh to‘g‘risida so‘zlab, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Har kuni dunyo bo‘yicha yuz minglab odam donor qoniga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan insonlar, baxtsiz hodisa tufayli og‘ir tan jarohati olgan va murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda qon muhim vosita sanaladi.

Qon-bu shunday bebaxo davoki uni o‘rnini hech qanday dorilar bosa olmaydi va zavodlarda qonni ishlab chiqib bo‘lmaydi qon olishning yagona usuli sog‘lom odamlar hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yilning 30-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan maxallabay ishlash bo‘limi va tyutorlar tomonidan universitet talabalari uchun beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyat Qon qo‘yish stansiyasi bo‘limi boshlig‘i, Faxriy donor Jalilov Abdusalom boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan talabalarga beg‘araz donorlikni rivojlantirish haqida va donorlik – savobli, shu bilan birga, mas’uliyatli ishdligi, donorlar og‘ir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolib, ularni hayotga qaytishlariga muxim hissa qo‘shishi to’grisida gapirib berdi. Sodda qilib aytganda, donorlik – ehsonning bir turi. Jalilov Abdusalom - Qon va uning tarkibiy qismlari yuqori texnologik operatsiyalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbir doirasida, universitetda beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Universitet xodimlari va talabalari tomonidan beg‘araz yordam sifatida qon berildi.

Juma, 01 Dekabr 2023 12:55

Aziz talabalar!!

“Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Ushbu loyiha doirasida 2023-2025-yillarda 1,2 mln. nafar yoshlar 8 ta yo‘nalishdagi onlayn kurslardan bepul o‘qitish rejalashtirilgan hamda IT-Park tomonidan barcha kontentlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi jami 10 ming dona litsenziya sotib olish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Coursera sertifikatlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, yoshlarga yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratadi.

Yurtimizda loyiha doirasida yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan hamda “Xalqaro IT sertifikatlar ro‘yxati” tasdiqlangan.

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!

Juma, 01 Dekabr 2023 12:26

OITS - ASR VABOSI

Joriy yilning 30-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi va tyutorlar tomonidan universitet talabalari uchun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi sanitariya shifokori Jo‘rayev Akbarali O‘rolovich OIV kasalligining kelib chiqish tarixi, epidemiologik vaziyat, klinikasi, yuqish yo‘llari (yotoqxonada yashovchi talabalar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari, ayniqsa o‘zlarining tish yuvish shetkalari va soqol olish ustaralaridan individual foydalanishi) va profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubining iqtidorli va faol a‘zosi “Yosh kitobxon va yosh qalamkash” to‘garagining etakchisi 4-bosqich talabasi Shoxnigorbegim Juraeva tengdoshlari orasida turizm va she’riyat sohibasi sifatida tanilgan. Uning kishini o‘ylantiradigan she’rlari ko‘p. Shoira talabamizning ijod namunalari viloyat va respublika adabiy nashrlarida chop etilgan. Hozir u Samarqand adabiy muhitida ham ishtirok etib, she’rlari va tarjimalari bilan e’tiborga tushmoqda.

         Shohnigorbegim Jo‘raeva universitetda turizm yo‘nalishida a’lo baholarga o‘qish bilan birga, jamoat ishlari, “Yosh qalamkashlar”, “Yosh kitobxon” tugaraklarida ham faol ishtirok etadi. Joriy yilning 23-noyabr kuni Shohnigorbegim Jo‘raeva Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, shoir  Toshpo‘lat O‘rxunning “Surur”, “Umr karvoni” nomli she’riy to‘plamlari taqdimotida va yosh ijodkorlarning mushoirasida ishtirok etdi.

         Ushbu adabiy kecha viloyat televideniyasi orqali tasvirga olindi. Ko‘rsatuvda oliygohimiz talabasi, iqtidorli Shoxnigorbegim Juraeva ham she’rlari va tarjimalari bilan faol qatnashdi.

49 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar