Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov barchani 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan qutladi. Ma’lumki, joriy yilning 30-aprelida o‘tkazilgan umumxalq Referendumida hamyurtlarimiz Yangilangan Konstitutsiyaga ovoz berishdi. Bosh qomusimiz xalqimizning milliy qadriyatlarini o‘zida ifoda etganligi va demokratik talablarga javob berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bayram tadbirida oliygohimizning birinchi bosqich talabalari tomonidan sahnalashtirilgan teatr tomoshalari va turli millatlarning urf-odatlarini o‘zida aks etgan ko‘y-qo‘shiqlar namoyish qilindi.