“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubining iqtidorli va faol a‘zosi “Yosh kitobxon va yosh qalamkash” to‘garagining etakchisi 4-bosqich talabasi Shoxnigorbegim Juraeva tengdoshlari orasida turizm va she’riyat sohibasi sifatida tanilgan. Uning kishini o‘ylantiradigan she’rlari ko‘p. Shoira talabamizning ijod namunalari viloyat va respublika adabiy nashrlarida chop etilgan. Hozir u Samarqand adabiy muhitida ham ishtirok etib, she’rlari va tarjimalari bilan e’tiborga tushmoqda.
Shohnigorbegim Jo‘raeva universitetda turizm yo‘nalishida a’lo baholarga o‘qish bilan birga, jamoat ishlari, “Yosh qalamkashlar”, “Yosh kitobxon” tugaraklarida ham faol ishtirok etadi. Joriy yilning 23-noyabr kuni Shohnigorbegim Jo‘raeva Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, shoir Toshpo‘lat O‘rxunning “Surur”, “Umr karvoni” nomli she’riy to‘plamlari taqdimotida va yosh ijodkorlarning mushoirasida ishtirok etdi.
Ushbu adabiy kecha viloyat televideniyasi orqali tasvirga olindi. Ko‘rsatuvda oliygohimiz talabasi, iqtidorli Shoxnigorbegim Juraeva ham she’rlari va tarjimalari bilan faol qatnashdi.