Joriy yilning 2-dekabr kuni Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti ta’lim markazi direktori, prof. Luo Xingqing boshchiligidagi Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetining 25 nafardan iborat o‘qituvchi va talabalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitetimiz prorektori, prof. Toni Zou qabul qildi va bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga va unga malakali mutaxassislar tayyorlab berish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek mehmonlarga Turizm Akademiyasining faoliyati unda amalga oshiriladigan vazifalar, nazariya bilan amaliyotning hamohang olib borilishi xususida gapirib berdi. Shuningdek mehmonlar ham Samarqand ularda juda katta taassurot qoldirganligi, bundan tashqari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.