press

press

Joriy yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Malayziyaning Terengganu universiteti birinchi prorektori prof. Dato Dr.Mazlan bin Abd Ghaffar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.  Dastlab mehmonlarga Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov Samarqandda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xaqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng universitetimiz xalqaro bo‘lim boshlig‘i S.Samariddinov Turizm Akademiyasining faoliyati va  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlar yuzasidan taqdimot qildi. O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

Joriy yilning19-dekabr kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Dastlab mehmonlar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda turizm va mehmondo‘stlik sanoatini yanada rivojlantirish missiyasi bilan bir qatorda UNWTO bilan qo‘shma loyiha sifatida Samarqand Turizm Akademiyasining yangi kampusi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng prof.Artem Kulikov va prorektor,  prof. Jozef Hoffman yangi Akademiyaning strategiyasi va rejasi yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi. O‘zaro muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan umumiy g‘oyalar, qarashlar va keyingi imkoniyatlarni va kelgusi  yildan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va bu bo‘yicha keng ko‘lamdagi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz 3-bosqich talabasi Zuhra Baxromqulova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz talabasi Shahrizoda Oromjonova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz 3-bosqich talabasi Fotima Baxromqulova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Joriy yilning 18-dekabr kuni Samarqand Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi F-79-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori asosida tashkil etilgan bayram tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir guruh xodimlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda namoyish etilgan harbiylar chiqishlari, ularning faoliyati bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari yig‘ilish ishtirokchilarida yuksak g‘urur va vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bayram tadbirida “Harbiy-vatanparvarlik oyli”gi doirasida 19-dekabrdan 27-dekabr kuniga qadar viloyatdagi harbiy qismlarda ochiq eshiklar kuni tashkil etilganligi e’lon qilinganligi universitetimizda tahsil olayotgan talabalar uchun quvonchli xabar bo‘ldi.

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xushxabar. Kundan-kunga yuksalib borayotgan va qator muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan universitetimizning zukko, bilimdon va dono qizlaridan besh nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining viloyat bosqichida ishtirok etib to‘rt nafari respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bular 3-bosqich talabalari Mustafakulova Sabina fan yo‘nalishida, Baxromkulova Fotima va Baxromkulova Zuxrolar jamoatchilik yo‘nalishida, 4-bosqich talabasi Jo‘raeva Shoxnigorbegim esa adabiyot yo‘nalishida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerak ushbu qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga va boshqa tanlovlarga tayyorlashda oliygohimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning o‘ziga xos mehnati va sa’yi harakatlari bor.

Universitetimiz jamoasi nomida talaba-qizlarimizga tanlovning respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Payshanba, 21 Dekabr 2023 09:22

Yangi yil tuhfasi

Joriy yilning 19-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi va talabalari tomonidan yangi yil sovg‘alari yig‘ildi va Samarqand viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi huzuridagi Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga  taqdim etildi. Yordam qilganlarga rahmat!

Chorshanba, 20 Dekabr 2023 18:02

Art-terapiya – ruhiyat malhami

2023-yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova tashabbusi bilan 1-kurs talabalari uchun ajoyib tadbir o‘tkazildi. Unga universitet psixologi D.Turdiyeva taklif etildi va u “Art-terapiya – ruhiyat malhami” nomli mahorat darsini namoyish etdi.

O‘quv-ishlab chiqarish markazining shinamgina kahvaxonasida tashkil etilgan tadbir samimiy, bayramona muhitda o‘tkazildi. D.Turdiyeva dastlab Art-terapiya haqida batafsil ma’lumot berib, uni insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga bo‘lgan ijobiy ta’siri bilan o‘rtoqlashdi. Amaliy qismida talabalar o‘zlariga yoqqan shakllarni tanlab, ularni bo‘yashdi. Bu bilan talabalar doim tarqoq xolatda bo‘ladigan diqqatini jamlash, ijobiy energiyasini foydali tomonga yo‘naltirishni va o‘z ichki dunyosiga nazar solish imkoniga ega bo‘lishdi.   

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati doimiy ravishda oliygohimiz talaba-yoshlari bilan turli darajadagi uchrashuv va muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.

 Joriy yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarovning “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi. Tadbirda universitetimizning kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar bilan birgalikda prorektorlar va oliygoh professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektorining talaba-yoshlar bilan o‘tkazayotgan bu kabi ochiq va samimiy muloqotlari ular uchun motivatsiya bo‘lish birgalikda, turli taklif va tashabbuslarni, muammolarni yechishga ham xizmat qiladi,-deydi universitetimizning fransiyalik o‘qituvchisi Darius Riaziy.

Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda talaba-yoshlar turizm sohasida ta’lim olishning istiqbollari va tadbirkorlikka oid turli takliflarni o‘rtaga tashladi. Universitet prorektori ham bu kabi tashabbuslar oliygoh ma’muriyati tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishi xususida gapirdi. Tadbirda talabalar uchun yana bir qulaylik davlat-xususiy sherikchilik asosida yotoqxona qurilib foydalanishga topshirilayotganligi bu mahalliy va xorijlik talabalar ayni muddao ekanligini ta’kidladi. Shuningdek tadbirda endilikda talaba-yoshlarning nazariya bilan amaliyotni o‘yg‘un ravishda olib borishlari uchun Turizm Akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va uning buguni va ertasi xususida fikrlar bildirdi. Tadbirda o‘quv yili davomida faol bo‘lgan talaba-yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.     

45 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar