Joriy yilning 18-dekabr kuni Samarqand Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi F-79-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori asosida tashkil etilgan bayram tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir guruh xodimlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda namoyish etilgan harbiylar chiqishlari, ularning faoliyati bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari yig‘ilish ishtirokchilarida yuksak g‘urur va vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bayram tadbirida “Harbiy-vatanparvarlik oyli”gi doirasida 19-dekabrdan 27-dekabr kuniga qadar viloyatdagi harbiy qismlarda ochiq eshiklar kuni tashkil etilganligi e’lon qilinganligi universitetimizda tahsil olayotgan talabalar uchun quvonchli xabar bo‘ldi.