Joriy yilning19-dekabr kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Dastlab mehmonlar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda turizm va mehmondo‘stlik sanoatini yanada rivojlantirish missiyasi bilan bir qatorda UNWTO bilan qo‘shma loyiha sifatida Samarqand Turizm Akademiyasining yangi kampusi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng prof.Artem Kulikov va prorektor, prof. Jozef Hoffman yangi Akademiyaning strategiyasi va rejasi yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi. O‘zaro muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan umumiy g‘oyalar, qarashlar va keyingi imkoniyatlarni va kelgusi yildan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va bu bo‘yicha keng ko‘lamdagi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.