Joriy yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Malayziyaning Terengganu universiteti birinchi prorektori prof. Dato Dr.Mazlan bin Abd Ghaffar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov Samarqandda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xaqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng universitetimiz xalqaro bo‘lim boshlig‘i S.Samariddinov Turizm Akademiyasining faoliyati va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlar yuzasidan taqdimot qildi. O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.