Yangi yil bayrami arafasida yana bir xushxabar. Kundan-kunga yuksalib borayotgan va qator muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan universitetimizning zukko, bilimdon va dono qizlaridan besh nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining viloyat bosqichida ishtirok etib to‘rt nafari respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bular 3-bosqich talabalari Mustafakulova Sabina fan yo‘nalishida, Baxromkulova Fotima va Baxromkulova Zuxrolar jamoatchilik yo‘nalishida, 4-bosqich talabasi Jo‘raeva Shoxnigorbegim esa adabiyot yo‘nalishida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerak ushbu qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga va boshqa tanlovlarga tayyorlashda oliygohimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning o‘ziga xos mehnati va sa’yi harakatlari bor.
Universitetimiz jamoasi nomida talaba-qizlarimizga tanlovning respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.