press

press

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab talaba-yoshlar o‘rtasida  sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida “Konstitutsiyam  31  yoshda” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

“Konstitutsiyam  31  yoshda” shiori ostidagi sport tadbir 1-7 dekabr kunlari o‘tkazilib, unda shaxmat, stol tennisi, suzish va futbol sport turlari bo‘yicha jamoalar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarni oliygohning sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiev va boshqalar hakamlar baholab borishdi. 

Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va tyutor P.Islomov bilan birgalikda talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini aniqlash, xonadon egalarining talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o‘rganish maqsadida,  talabalarning yashash manzillariga navbatdagi tashrifini uyushtirishdi.

Mas’ullar “Ijarada yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz” shiori ostida Samarqand shahar Gagarin ko‘chasi 38-uy 20-xonadonda yashovchi to‘rtinchi bosqich talabasi Gulnoza Esonova va Shoxnigorbegim Jurayeva  bilan hamda 9 davlat xususiy sherikchilik asosidagi talabalar turar-joyida ijarada istiqomat qiladiganlar bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, ularning sog‘ligi, yashash xonadonining issiqligi ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari ushbu ijara xonadonlari egalari va yotoqxona mas’ullari bilan ham talaba-qizlarimizning o‘zini tutishi va yaratilgan sharoitlari xususida yaqindan suhbatlar o‘tkazildi.  Shuningdek muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bulajak oila bekalarini sharqona tarbiyaviy ahamiyati  xususida maslahat va ijara xonadonlarida tozalik va ozodalikka rioya qilishi uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi.

Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023-2024 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi  talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-son buyrug‘iga muvofiq  , “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mustafaqulova Sabina Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023-2024 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi  talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-son buyrug‘iga muvofiq, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Oromjonova Shaxrizoda Oromjon qizi  Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!

Joriy yilning 5-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab  “Konstitutsiyam  31  yoshda” shiori ostida va AQSH  Elchixonasining  grant  loyihasi  doirasida “Talabalar drama klubi” a’zolari tomonidan “True West” spektakli ingliz tilida namoyish etildi. Ahamiyatlisi, ushbu sahna asarida universitetimiz talabalari o‘z iqtidorini namoyish etgan holda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Samarqand tumanining Oxalik hududida Ot sporti bo‘yicha ko‘pkari, ot ustida kurash, kamondan o‘q otish musobaqalari tashkil etildi.

Bellashuvlar davomida malakali chavandozlar yaxshi tayyorgarlik va yuqori mahoratga ega ekanliklarini amalda namoyon etdilar. Musobaqa g‘olibi va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab  “Konstitutsiyam  31  yoshda” shiori ostida “Madaniyatlar chorrahasi” festivali oʻtkazildi.

Mana uch yildirki universitet professori K.Mustaev va O.Boynazarov tomonidan “Madaniyatlar chorrahasi”  festivali tashkil etib kelinadi. Bu yilgi festival Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida oʻtkazildi. Festival tadbirida talabalar turli millat urf-odatlari, taomlari va tarixini namoyon etadigan sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi.  

 Festival esa o‘z navbatida, talabalarga umuminsoniy qadriyatlarni, madaniyatni, milliy marosimlar tarixini o‘rganish va asrab-avaylash, xalqlar o‘rtasida samimiy do‘stlik rishtalarini bog‘lash, yurtimizda insonparvarlikning yanada yaxshilanishiga hamda madaniy-maʼnaviy munosabatlarning xalqaro miqyosda kengayishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston – bag‘rikenglik, hurmat, muloqot va turli madaniyatlar, sivilizatsiyalar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirgan yurtdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturining 31-bandida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish vazifasi belgilangan.

Joriy yilning 4-dekabr  kuni  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” maxsus kurs dasturi asosida “Tillar”  kafedrasi oʻqituvchisi  T.Abdulloyev tomonidan  Konstitutsiya darsi tashkil etildi.

Dars jarayonida talabalarga yangi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar qanchalik ahamiyatli ekanligi shu bilan birgalikda xalq manfaatlarini oʻzida yaqqol aks ettirishi tushuntirib berildi.

Payshanba, 30 Noyabr 2023 16:07

Zulfiyaxonim qizlari yanada faol

Universitetimizdagi xotin-qizlar maslahat kengashi qoshida tashkil qilingan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubining iqtidorli talaba qizlaridan besh nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining turli yo‘nalishlar bo‘yicha viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bunda 3-bosqich talabalaridan fan yo‘nalishi bo‘yicha Sabina Mustafakulova, madaniyat yo‘nalishida Muqaddas Sadinova, jamoatchilik yo‘nalishida Fotima, Zuxro Baxromkulovalar hamda adabiyot yo‘nalishida 4-bosqich talabasi Shoxnigorbegim Juraeva g‘olib deb topilib viloyat bosqichida ham ishtirok etishdi. Ayni paytda ularning ishtiroklari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Biz ham shu o‘rinda oliygohimiz qizlariga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.   

Chorshanba, 06 Dekabr 2023 15:50

Yashil makon umummilliy loyihasi amalda

Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami oldidan Turizm Akademiyasi atrofiga turli manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil qilingan tadbirda  universitetimiz xodimlari faol ishtirok etib, o‘n turdagi manzarali darxat ko‘chatlari ekishdi.

48 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar