press

press

Juma, 22 Dekabr 2023 10:52

Ilmiy soha vakillari uchun seminar

Joriy yilning 22-dekabr kuni soat 10:00 da 108-xonada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi tayanch doktoranti Abdusalamova Lobar Akbar qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”  ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun tanlangan “XX asr so‘nggida ingliz adabiyotshunosligi hamda Ch.Aytmatov ijodida odorokolofonik birliklar poetikasi va o‘zbekcha tarjimasi: qiyos va idrok” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan bajarilgan dastlabki natijalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Dushanba, 25 Dekabr 2023 14:26

Talaba-yoshlar harbiylar bilan uchrashdi

Yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning muhim o‘rni bor. Shu bilan birgalikda yoshlarni vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda harbiylar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib ular bilan suhbatlar o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” F-79-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqich  talabalari Kattaqurg‘on shahrida joylashgan harbiy qismida bo‘lib, ularga yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi. Talaba-yoshlar harbiylar bilan muloqot o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yoshlarni harbiy qism kutubxonasidagi shart-sharoitlar va u yerdagi turli adabiyotlar  juda katta taassurot qoldirdi.

Joriy yilning 22-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Sun Yao boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori professor Tong Qianzou va universitet bo‘lim boshliqlari kutib olishdi.

Delegatsiya a’zolari bilan o‘tgan uchrashuv davomida universitetimiz prorektori tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik yo‘nalishlari,  qo‘shma ta’lim dasturi va  amalda mavjud akademik almashinuv dasturlari bo‘yicha ma’lumot berildi. O‘z o‘rnida janob Sun Yao ham kelajakda ikki davlat oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik o‘rnatish va yangi loyihalar bo‘yicha o‘z yordamini berishdan bag‘oyat mamnun ekanligini aytib o‘tdi.

Tashrif davomida mehmonlarga universitetda va UNWTO Samarqand Turizm Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Ushbu yilning 20-dekabr kuni  respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.A.Parpiboeva  rahbarligida  oliy ta’lim muassasalari xotin-qizlari uchun onlayn tarzda ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda  Samarqand viloyati markaziy studiyasidan  Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimasi O.Abdurayimova, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversitetining xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova hamda “Qizlarjon” klubining iqtidorli talaba-qizlari ishtirok etib,  o‘zlarini qiziqtirgan savollari, taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.

Xitoy Xalq Respublikasiniing bir qator universitetlariga ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan barcha bakalavr hamda PhD doktorantura dasturlari uchun “Shandong Provincial International Sister Cities Scholarship” grantlarini taklif etadi.

Grantlar qamrovi turlicha boʻlib, nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:

– 30.000 RMB (1 yilga) stipendiya.

– Xorijiy talabalar uchun yotoqxona.

– Universitet moddiy-texnik bazalaridan foydalanish, kutubxonasidan foydalanish.

OTMlar ro‘yxati hamda ariza formasi ilova qilinmoqda:

(Ariza formasini to‘ldirgan talabalar pastda keltirilgan telefon raqamlariga qo‘ng’iroq qilib xabar berishlaringizni so‘raymiz)

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel:

+998930045100;

+998910338081.
Xalqaro talabalar uchun "Do'stlik shahri 2024" stipendiya loyihasi haqida ma'lumot
Shandong provinsiyasi hukumatining Youcheng stipendiyasiga xalqaro talabalar uchun ariza shakli
Qabul qiluvchi muassasalar ro'yxati

“Scopus” xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi “The Prestigious HISTORIA I ŚWIAT” jurnalida 4000 mingdan ortiq ilmiy jurnallar, 18 milliondan ortiq ilmiy maqolalar, 30 000 dan ortiq elektron kitoblar joylashtirilgan.

Yaqinda  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros” kafedrasi dotsenti Khanipour Mortezaning “Xonsor toʻgʻoni atrofidagi tarixiy davrga oid Cairn daxmasi, Fors viloyati, Tujerdi tumani, Eron” (“Cairn Burial of the historical period around Khansaar dam, Toujerdi district of Fars province, Iran”) nomli maqolasi “Scopus” xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi Q2 darajasidagi jurnalda chop etildi.  

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilariga turizm, madaniy meros va arxeologiya sohalarida olib borayotgan ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
cover issue
KHANIPOUR MOLAEI
HISTORIA I ŚWIAT

Joriy yilning 22-dekabr kunlari universitetimiz faollar zalida “Yangi yilingiz muborak bo‘lsin” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbirida so‘z olganlar o‘tayotgan yilda universitetimizda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar haqida gapirdi.  Darhaqiqat, 2023 yil universitetimiz uchun omadli keldi. Universitetimiz ko‘plab nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bu yilda bir qator universitetimiz professor-o‘qituvchilari Xitoyda bo‘lib o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishdi. Bundan tashqari talabalarimiz ham xorijiy davlatlarda o‘z bilim va tajribaga ega bo‘lishdi.

 Tadbirda universitetimiz professori K.Mustayev boshchiligidagi guruh kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi va barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.  

2023-yil   22-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvoxidovalar  unversitetda dars jarayoninig oxirgi xaftasi bo‘lganligi uchun qo‘shni viloyatlardan kelib unversitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, homilador, yosh bolali hamda nogironligi  bo‘lgan talaba-qizlarning qishki ta‘til paytida doimiy yashash manzillariga  xavfsiz yetib olishlari uchun o‘z tavsiyalarini berishdi. Transport turlaridan tezyurar poezd, samolyot,  avtobus hamda yengil avtomashinalar (taksilar)da xarakatlanayotganida yo‘l qoidalariga amal qillishlari hamda o‘z manzillariga yetib olganlaridan so‘ng etib borganliklari to‘g‘risida ma‘lumot berishlari qayd etildi.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi o‘quvchilariga mahorat darslarini o‘tib kelishmoqda. Joriy yilning 21-dekabr kuni oliygohimizning “Turizm menejmenti” kafedrasi assistent-o‘qituvchisi Erkin G‘ulomxasanov ham texnikum o‘quvchilariga “Turizm”, “Servis va turizm”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha va “Turoperatorlik xizmatlari: turistik paketlar yaratish va sotish” mavzularida mahorat darslari o‘tdi. Bu esa texnikum o‘quvchilarining turizm sohasini yanada chuquroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqshini oshirishga xizmat qildi.

Ushbu yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi – M.Abbasova hamda universitet psixologi D.Turdiyeva adashgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab universitet mutasaddilari “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi, Mehrangiz Tuyg‘unova va Zebo Rajabovalar istiqomat qiladigan xonadonda bo‘lib, ularning yashash tarzi, muammolari, qiziqishlari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdilar.

Mutasaddilar bugungi kunda “Bog‘i Feruza” mahallasi xotin-qizlar faoli I.Muxamedova bilan mahalladagi  ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga yangi yil bayrami munosabati bilan yangi yil sovg‘alarini taqdim etishdi.

Mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila manzillariga tashriflar davom etmoqda.

44 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar