Joriy yilning 22-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Sun Yao boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori professor Tong Qianzou va universitet bo‘lim boshliqlari kutib olishdi.
Delegatsiya a’zolari bilan o‘tgan uchrashuv davomida universitetimiz prorektori tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma ta’lim dasturi va amalda mavjud akademik almashinuv dasturlari bo‘yicha ma’lumot berildi. O‘z o‘rnida janob Sun Yao ham kelajakda ikki davlat oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik o‘rnatish va yangi loyihalar bo‘yicha o‘z yordamini berishdan bag‘oyat mamnun ekanligini aytib o‘tdi.
Tashrif davomida mehmonlarga universitetda va UNWTO Samarqand Turizm Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.