Yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning muhim o‘rni bor. Shu bilan birgalikda yoshlarni vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda harbiylar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib ular bilan suhbatlar o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” F-79-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqich talabalari Kattaqurg‘on shahrida joylashgan harbiy qismida bo‘lib, ularga yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi. Talaba-yoshlar harbiylar bilan muloqot o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yoshlarni harbiy qism kutubxonasidagi shart-sharoitlar va u yerdagi turli adabiyotlar juda katta taassurot qoldirdi.