Ushbu yilning 20-dekabr kuni respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.A.Parpiboeva rahbarligida oliy ta’lim muassasalari xotin-qizlari uchun onlayn tarzda ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Samarqand viloyati markaziy studiyasidan Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimasi O.Abdurayimova, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversitetining xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova hamda “Qizlarjon” klubining iqtidorli talaba-qizlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollari, taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.