Joriy yilning 22-dekabr kunlari universitetimiz faollar zalida “Yangi yilingiz muborak bo‘lsin” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbirida so‘z olganlar o‘tayotgan yilda universitetimizda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar haqida gapirdi. Darhaqiqat, 2023 yil universitetimiz uchun omadli keldi. Universitetimiz ko‘plab nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bu yilda bir qator universitetimiz professor-o‘qituvchilari Xitoyda bo‘lib o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishdi. Bundan tashqari talabalarimiz ham xorijiy davlatlarda o‘z bilim va tajribaga ega bo‘lishdi.
Tadbirda universitetimiz professori K.Mustayev boshchiligidagi guruh kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi va barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.