2023-yil 22-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvoxidovalar unversitetda dars jarayoninig oxirgi xaftasi bo‘lganligi uchun qo‘shni viloyatlardan kelib unversitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, homilador, yosh bolali hamda nogironligi bo‘lgan talaba-qizlarning qishki ta‘til paytida doimiy yashash manzillariga xavfsiz yetib olishlari uchun o‘z tavsiyalarini berishdi. Transport turlaridan tezyurar poezd, samolyot, avtobus hamda yengil avtomashinalar (taksilar)da xarakatlanayotganida yo‘l qoidalariga amal qillishlari hamda o‘z manzillariga yetib olganlaridan so‘ng etib borganliklari to‘g‘risida ma‘lumot berishlari qayd etildi.