press

press

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlarni hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimizning bir guruh ziyolilari Toyloq tumanidagi mahallalarda, qishloqlarda aholi bilan bilan uchrashuvlar o‘tkazib qator tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.

Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan amaliy ishlarni hayotiy misollar bilan xalqimizga yetkazish va ushbu jarayonlarda har bir yurtimiz fuqarosi o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlash maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Iroda Ablakulova va Nilufar Halimova Toyloq tumanidagi “Fayziobod” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Targ‘ibot tadbirida aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.

Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari va tumandagi qator nodavlat tashkilotlar vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi va mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan tadbir  ishtirokchilariga kitoblar sovg‘a qilindi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talabalari mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi  bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga amaliy sayohati tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahridan boshlangan sayohat davomida talabalarimiz Oq saroy, Chubin muzeyi, Jahongir maqbarasi, Koʻk gumbaz majmualari yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Xoʻja Ilgʻor Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi qishloq. Bir necha yuz yillik tarixga ega ushbu zamin Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurni kamolga yetkazgan zamin.

Ushbu hududda milodiy 711-yilda vafot etgan va xalq orasida Xoʻja Ilgʻor nomi bilan tanilgan Xoʻja Muhammad ibn al-Qosim maqbarasi joylashgan. Qishloqdan arxeologik qazish ishlari davomida olti gektar maydonga ega qadimiy qal’a qoldiqlari aniqlanib, hududdan turli toshlar, sopoldan yasalgan idish bo‘laklari va VII asirlik masjid poydevori hamda tut daraxtlari saqlangan. Qiziqarlisi, bu yerda bobomiz yoshliklarida ko‘tarib mashq qilgan 100 kilolik tosh saqlanib qolingan.

Ahamiyatlisi talabalarimiz ushbu ziyoratdan juda katta taassurot bilan qaytishdi. Yil davomida talabalarni tarixiy obidalarga sayohati tashkil qilinadi.  

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimiz professor-o‘qituvchilari Tоyloq tumanidagi qator mahallalarda bo‘lib turli tadbirlar orqali aholi bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazishmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 16-yanvar kuni oliygohimizning “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari Dilfuza Ma’rupova va Gulrux Yusupova Tayloq tumanidagi “O‘rtoqishloq” mahallasida bo‘lib, Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni aholiga targ‘ib qilishdi. Targ‘ibot tadbirida mahalla fuqarolariga mamlakatimizda ta’lim, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berildi. Ma’lumki, bugungi kunda Toyloq tumanidagi barcha mahallalar obod va orasta maskanga aylanib bormoqda. Yaratilayotgan barcha shart-sharoit va imkoniyatlar xalqimizning yanada farovon yashashi yo‘lida qilinayotgan sa’yi harakatlar hisoblanadi.
Tadbirda tumandagi va mahalladagi mutasaddi rahbarlar va faollar ishtirok etishdi. Tadbirning yanada jonli va aholi uchun qiziqarli o‘tishi uchun turli savol-javoblar, o‘yinlar tashkil qilindi va faol ishtirok etganlar taqdirlandi.

         Shu kunlarda universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumanidagi barcha mahallalarda bo‘lib aholi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar yuzasidan muloqotlar o‘tkazib kelishayapti. Ushbu uchrashuvlarda aholi ham faol ishtirok etayotganligini ko‘rib bugungi kunda olib borilayotgan islohatlardan xalqimiz mamnun ekanligini va ushbu sa’yi harakatlarda va amaliy ishlarda fuqarolarimiz ham o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ko‘rish mumkin. Buni 13-yanvar kuni oliygohimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri Odilov Akmaljon va kafedra o‘qituvchisi Suyunov Alijonning Toyloq tumanidagi “Bog‘izag‘on” va “Galabotir” mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ham ko‘rish mumkin.

         Tadbir ishtirokchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar haqida ma’lumotlar berildi va kitoblar tuhfa qilindi.

         Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi orqali ilm-fan sohalarini rivojlantirish maqsadida Toshkent Moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayorlash instituti hamda Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institute hamkorligida, joriy yilning 18-27 mart kunlari “Ta’limdagi sun’iy intellekt texnologiyalari: istiqbollari va oqibatlari” mavzusida Chexiya Respublikasida ilmiy-amaliy seminar tashkil etish rejalartirilgan.

         Mazkur seminarga ishtirok etish istagida bo’lganlar kerakli xujjatlaringizni 5-fevralgacha taqdim etishingiz zarur (xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limiga).

         O‘quv kursi yakunida xalqaro sertifikat taqdim etiladi. O‘quv kursi uchun to‘lov 1450 evroni tashkil etadi.

Dastur ilova etilmoqda.
Dastur

Seshanba, 16 Yanvar 2024 15:30

Universitet va mahalla hamkorligi

         Joriy yilning 13-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti oʻqituvchilari Kamoliddin Bakobilov va katta o‘qituvchi Dilfuza Mirboboeva Toyloq tumanidagi “Saribozor” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot davomida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirining ahamiyati xususida gapirdi.  

         Targ‘ibot tadbirida tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari, “Saribozor” mahallasi faollari va hududdagi maktab rahbariyati ishtirok etdi. Uchrashuvda keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar natijasida hududlarda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligi, aholining yashash tarzi kun sayin oshayotganligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda so‘z olganlar yurtimizdagi ushbu o‘zgarishlar aholining shu jumladan saribozorliklarning hayot tarzida sezilayotganligi haqida gapirdi. Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasi hisoblanadi.

         Tadbirda universitetimiz o‘qituvchilari faol bo‘lgan bir guruh mahalla ahliga kitoblar sovg‘a qildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:

  • 08.00.11-Marketing;
  • 08.00.13-Menejment;
  • 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
  • 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati ;
  • 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun  mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/  veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

1) Ariza;

2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)

3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi,  ilovalari bilan birgalikda;

5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);

6) Pasport nusxasi;

7) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;

9) Ish joyidan tavsifnoma

10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).

Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz. orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Qabul: 2024-yil  15-yanvardan 15-fevralgacha

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga (mustaqil izlanuvchilik PhD) хujjat topshirgan talabgorlar uchun o‘qishga kirish uchun suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi.

Murojaat uchun telefon: +998 66 240 67 85

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Dushanba, 15 Yanvar 2024 16:00

E’LON

Joriy yilning 17-yanvar kuni soat 15:00 da Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan  universitetning 108-xonasida oliygohimiz tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovna 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda ekoturizmni rivojlantirish orqali qo'shimcha talab va taklif zanjiri sxemasini aniqlash uslubi (Omonqo‘ton hududi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga qiziquvchi barchani seminarga taklif etamiz.

Joriy yilning 13-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Marketing va rekruting bo‘limi xodimlari Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1- IDUM hamda 63- umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va shu bilan birga, universitetimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarni keng targ‘ib qilishdan iborat. Bo‘lim xodimlari asosan umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Tadbirlarda umumta’lim maktabi rahbariyati, o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. Unda so‘z olgan Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i Otabek Akbarov bugungi kunda yurtimizda xususan Samarqandda oliy ta’lim muasassalari ko‘pligi biroq davr talabi turizm sohasi bo‘lganligi bois “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ta’lim olish uchun eng qulay maskan ekanligi xususida gapirdi. Bitiruvchilar ham o‘z qiziqishlarini yashirib o‘tirishmadi va ko‘plab savollariga javob olishdi.

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlarni hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimizning bir guruh ziyolilari Toyloq tumanidagi mahallalarda, qishloqlarda aholi bilan bilan uchrashuvlar o‘tkazib qator tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.

Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan amaliy ishlarni hayotiy misollar bilan xalqimizga yetkazish va ushbu jarayonlarda har bir yurtimiz fuqarosi o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlash maqsadida joriy yilning 12-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Munira Baymatova va Timur Abdulloyev Toyloq tumanidagi “Navzandak” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Targ‘ibot tadbirida aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, ularga Samarqandda xususan Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berishdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.

Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari va tumandagi qator nodavlat tashkilotlar vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi va mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan tadbir  ishtirokchilariga turli qiziqarli mavzularda viktorina tashkil etildi va gʻolib bo‘lganlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

41 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar