Shu kunlarda universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumanidagi barcha mahallalarda bo‘lib aholi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar yuzasidan muloqotlar o‘tkazib kelishayapti. Ushbu uchrashuvlarda aholi ham faol ishtirok etayotganligini ko‘rib bugungi kunda olib borilayotgan islohatlardan xalqimiz mamnun ekanligini va ushbu sa’yi harakatlarda va amaliy ishlarda fuqarolarimiz ham o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ko‘rish mumkin. Buni 13-yanvar kuni oliygohimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri Odilov Akmaljon va kafedra o‘qituvchisi Suyunov Alijonning Toyloq tumanidagi “Bog‘izag‘on” va “Galabotir” mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ham ko‘rish mumkin.
Tadbir ishtirokchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar haqida ma’lumotlar berildi va kitoblar tuhfa qilindi.