Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlarni hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimizning bir guruh ziyolilari Toyloq tumanidagi mahallalarda, qishloqlarda aholi bilan bilan uchrashuvlar o‘tkazib qator tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.
Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan amaliy ishlarni hayotiy misollar bilan xalqimizga yetkazish va ushbu jarayonlarda har bir yurtimiz fuqarosi o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlash maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Iroda Ablakulova va Nilufar Halimova Toyloq tumanidagi “Fayziobod” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Targ‘ibot tadbirida aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.
Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari va tumandagi qator nodavlat tashkilotlar vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi va mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan tadbir ishtirokchilariga kitoblar sovg‘a qilindi.