press

press

Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini ko‘rish, talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o‘rganish maqsadida, oliygohimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va birinchi bosqich tyutori G.Xusainova hamkorlikda 2024-yil  5- fevral kuni talabalar turar joyida turadigan yoshlarning yashash manzillarida bo‘lishdi.

Talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz shiori ostida tashkil qilingan tashrif davomida yashash sharoitlari bilan birgalikda  yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi ham o‘rganib chiqildi.

Haqiqatdan ham qadriyatlarimiz talaba-qizlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Har bir talaba-qiz o‘zlarini unversitet talabasi ekanliklarini doimo yodda tutishlari, talabalar turar joyidagi xonalarida  talab qilinadigan qoidalarga amal qilgan holda tozalik va ozodalikka rioya qilishlari uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi

Talabalar turar joyida yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.

Turizm ta’limida nazariya bilan amaliyotning o‘yg‘unlikda olib borilishi juda katta natijalar olib keladi. Bugungi kunda universitetimiz qoshidagi barcha texnikumlar o‘quvchilari yurtiimzdagi mexmonxonalarda, turistik hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarida o‘z amaliyotlarini olib borishayapti.

Endilikda professional ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar nafaqat yurtimizda balki turizm sohasi rivojlangan davlatlarda ham amaliyot o‘tashi imkoniyatga ega bo‘lmoqda.

Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda  Bolgariyaning SMART TOUR LTD kompaniyasi o‘rtasida Qora dengiz bo‘yi mehmonxonalarida texnikum o‘quvchilarini ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyorlarini o‘tashlari  va malakalarini oshirishlari bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuzildi.

Belаrus Respublikasi hukumati 2024/2025-oʻquv yiliga xorijiy fuqarolar uchun moʻljallangan taʼlim grantlari doirasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun 10 ta grant oʻrnini ajratdi.

Grantlar Belаrussiyadagi OTMlarning bakalavr bosqichidagi 10 ta taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish uchun berilmoqda. Qiziqish bildirgan talabgorlar oʻz hujjatlarini ilovada belgilangan tartibda tayyorlab, Belаrussiyaning Toshkentdagi elchixonasiga joriy yil 20-fevraliga qadar topshirishlari lozim. Belаrus tomoni kelib tushgan hujjatlar asosida nomzodlar tanlovini oʻtkazadi.

ilova

         Joriy yilning 28-yanvar sanasida Xitoyning SHHT Iqtisodiyot va savdo akademiyasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 13 nafar xitoylik nomzodlar bilan tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirish uchun suhbat jarayonlari tashkil etildi.

         “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga tayanch doktoranturaga (PhD) 12 nafar xorijlik tadqiqotchilar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi.

* 08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi

  • 08.00.11-Marketing
  • 08.00.13-Menejment

* 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati

         Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida (tayanch doktorantura PhD) institutida falsafa doktori  ilmiy darajasini olish uchun  ta’lim olayotgan 1-bosqich tadqiqotchilarining  75% xorijlik ilmiy izlanuvchilar tashkil  etmoqda.

Dushanba, 05 Fevral 2024 14:32

E’LON

Joriy yilning 8-fevral kuni soat 15:00 da Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda universitetimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Axrorova tomonidan “APA 7 Introduction, in-text citation and organizing Reference page” mavzusida universitetning 229-xonasida seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga qiziquvchilarni seminarga taklif etamiz.

Juma, 02 Fevral 2024 16:57

E’LON

Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari.

Sizlardan  Facebook, Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida  #oʻzmaqsadlaringnibil heshtegi ostida post, video va rasmlar qoldirish bo‘yicha faol bo‘lishlaringizni va bu borada har bir ziyoli yoki talaba-yosh o‘z maqsadi, orzusi sari intilishini fikrlarda, namoyon qilishlaringizni so‘raymiz.

Post, video va rasmlarni universitetimiz PR va matbuot  bo‘limining qo‘yidagi (97 575 50 67 ) mobil raqamidagi telegramm manziliga  yuborishlaringiz mumkin.    

         Joriy yilning 2-fevral kuni universitetimiz bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari 4-bosqich bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Dastlab tadbirda so‘z olgan HORICA bo‘limi boshlig‘i A.Sultonov bitiruvchi bosqichdagi talabalar ushbu yilning 1-mart oyidan boshlab amaliyotga chiqishi, boshqa viloyatlardan kelib ta’lim olayotganlar o‘z hududiga yo‘llanma olishi mumkinligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng Ofis registrator bo‘limi boshlig‘i F.Nurov so‘z olib, amaliyotgacha bo‘lgan vaqt mobaynida dasrlarni to‘liq o‘zlashtirishi lozimligi xususida gapirdi va o‘z tavsiyalarini berdi. Yig‘ilishda o‘quv bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulov, kafedra mudiri A.Odilov va boshqalar ham kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

         Yig‘ilishda bitiruvchi bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  

         Kecha, 1-fevral kuni Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyatining Xalqaro aloqalar Departamenti rahbari TASUYA HITOMI janoblari boshchiligidagi  delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Nara prefekturasi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr almashildi. Samarqand bilan birodarlashgan Nara shahri OTMlari talabalari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitesi talabalari ishtirokida oktabr oyida do‘stlik va hamkorlik festivali tashkil etishga kelishildi.

         Shuningdek, Nara shahridagi OTMlar bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yapon va o‘zbek tillarini o‘qitishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun: Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga arizalar joriy yilning 15-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar tanlovning rasmiy sayti (www.vorislar.uz)dan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Shu kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu York shahrida “2024 New York Travel & Adventure Show” xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirga 160 dan ortiq mamlakatdan jami 20 ming nafarga yaqin ishtirokchi tashrif buyurgan bo‘lib shundan  ming nafardan ortig‘i turoperatorlar hisoblanadi.

Ahamiyatlisi, ushbu yarmarkada mamlakatimiz turizm salohiyati bilan birga, ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, turizm obe’ktlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati keng targ‘ib qilinmoqda.

Yarmarkada universitetimiz Horica bo‘limi boshlig‘i Akobir Sultonov faol ishtirok etib, oliygohimizda turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlar keng targ‘ib qilinmoqda. Quvonarlisi, ko‘rgazmada talaba-yoshlarning turizm sohasi rivojlangan davlatlarda tajriba va amaliyot almashishini yo‘l qo‘yish borasida ham manzilli ishlar olib borilishi natijasida oliygohimiz  yirik turistik korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan birga yetakchi kompaniyalarda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ham takliflarni qo‘lga kiritdi.  

37 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar