Dushanba, 14 Oktyabr 2024 11:24

Prezidentimizning PQ-60-son qaror ijrosini ta’minlash yo‘lida 

Joriy yilning 14-oktabr kuni “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-60-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Ohalik-Oqboʼyro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida faoliyat koʼrsatuvchi xodimlar uchun universitet tomonidan ishlab chiqilgan oʼquv dasturiga muvofiq “Turizmda xizmatlar va mahsulotlar” mavzusida 7 soatlik maxsus oʼquv seminari tashkil etildi.

Seminarda turistik-rekreatsion zona hududida joylashgan  mahallalar raislari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar hamda rekratsion zonada faoliyat olib boradigan mutaxassislardan iborat jami 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Seminarlar universitet Turizm kafedrasining yuqori malakali professor-oʼqituvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

O'qilgan 255 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar