Joriy yilning 14-oktabr kuni universitetimizga Silk Road Media xoldingi raisi o‘rinbosari Marat Ahmedjanov tashrif buyurdi. Mehmonni universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kutib oldi.
Bugungi kunda ushbu media xolding dunyodagi ko‘plab davlatlarda qator loyihalari bilan faol ishtirok etib keladi. O‘zaro muloqot davomida universitetimizning ham xalqaro imijini yanada ko‘tarish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Silk Road Media Group tomonidan Londonda 2009 yildan beri ingliz tilida OCA Magazine jurnali chop qilinib kelinmoqda. Jurnal milliy madaniyatlarni ommalashtiradi va voqealarni yoritishi bilan mashhur hisoblanadi.