11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriyati va xotin-qizlar kengashi tomonidan erta tongdan universitetning barcha xotin-qizlari bayramona ruhda kutib olinib, universitet hovlisida “Men sog‘lom turmush tarzi tarafdoriman!” shiyori ostida sportning shaxmat hamda stol tennis turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Tadbirda talaba qizlar va universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz faol ishtirok etishdi.