press

press

Ijarada yashayotgan talabalar xolidan xabar olish maqsadida 22-oktabr kuni universitetimiz tyutori S.Abbasova o‘ziga biriktirilgan  guruhlarda ta’lim olayotgan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan yaqindan muloqot qildi. Talabalarning yashash sharoiti, muammo va tashvishlari yaqindan o‘rganildi. Oʻrganish davomida talabalarga birdan kunlar sovib ketishi ortidan kommunal xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish xususida zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

27-oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni munosabati bilan universitetimizning bir guruh faol talabalari Samarkand shahar 70 -saylov uchastkasida "Mening tanlovim – Obod Vatanim!" shiori ostida muddatdan oldin ovoz berishdi.

Shu o‘rinda barcha universitetimiz jamoasini 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etishini so‘rab qolamiz.

Universitetimiz talabalari o‘rtasida "Besh tashabbus" hamda "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining 2-bosqichi davom etmoqda. Talabalarimiz ushbu musobaqa doirasida sportning mini futbol turida o‘zaro bahs olib borishdi. G‘oliblar keyingi bosqichidagi musobaqada ishtirok etadi.

2024-yilning 22-oktabr kuni  universitetimizda “Bizning jamiyatda taziyq va zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova,  Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova hamda bir guruh talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda oilalarda ma’naviy muhitni yanada yaxshilash va ayrim xotin-qizlarni taziyq va zo‘ravonlikdan himoya qilish kabi masalalarga yechim topish maqsadida  “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Tadbirda talaba qizlarga ushbu tadbirning ahamiyati, mazmun mohiyati xususida tushuntirishlar, zarur tavsiyalar berildi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda bir nechta yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan yaqindan amaliy hamkorlik qilib kelmoqda.
Germaniyaning Ebersvalde universiteti professori Nicole Haeusler tomonidan "Combating Overtourism: Sustainable Strategies and its linkage to Uzbekistan" mavzusida universitet talabalariga mahorat darslarini olib borildi. Ma'ruza davomida talabalarga barqaror turizmni rivojlantirishga oid yangi ma'lumotlar aytib o'tildi. Shuningdek, O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda xalqaro tajribalardan foydalanishning o'ziga xos nazariy asoslari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Bugun 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Turizm akademiyasida universitetimiz professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, tyuterlar hamda talabalar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Dastlab bayram tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va kafedra mudirlari o‘zbek tilining bugungi kundagi o‘rni va roli xususida gapirishdi. Shundan so‘ng iqtidorli talabalar ishtirokida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalari tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lab yozilgan she’rlaridan namunalar o‘qib berildi.

Talabalar tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar bayramning yanada jozibali o‘tishiga xizmat qildi.  

Bugun 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Bayram tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov va boshqalar so‘z olib dunyo miqyosida o‘zbek tilining yanada obro‘yi oshib borayotganligi xususida gapirishdi.
Shuningdek tadbirda Alisher Navoyi ijodidan she’rlar o‘qilib, san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Universitetimiz jamoasi ham A.Navoyi haykali poyiga gullar qo‘yib, unga hurmat bajo keltirishdi.

Tinch va osuda yurtga bayramlar yarashadi. Bugun 18-oktabr Samarqand shahri kuni. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandni o‘zgacha tarovat va go‘zallik qamrab oldi. Bugun samarqandliklarda bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Bayram munosabati bilan shaharning barcha hududlarida sayllar, konsert dasturlari, yarmarkalar boshlanib ketdi. Samarqand shahridagi Mustaqillik maydoni ham bayramona bezatilib, tadbirda barcha oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar o‘z ko‘rgazmalari faol ishtirok etmoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat jamoasi ham ushbu bayramga alohida tayyorgarlik ko‘rgan holda chiqishdi. Bayram tadbirida universitetimiz mahalliy va xorijlik talabalari o‘z milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari bilan faol bo‘lishdi.

Shu kunlarda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Besh tashabbus"  hamda "Talabalar ligasi"  doirasida sportning stol-tennisi musobaqalari bo'lib o'tdi. Universitet kampusidagi sport zalida tashkil qilingan musobaqalar talabalarimiz uchun qizg‘in bellashuvlar ostida o‘tdi.

2024-yil 16-oktabr kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Xalqaro turizm akademiyasi BMT Turizm tashkiloti bilan hamkorlikda turizm sohasida 20 nafar trenerlarni malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan Mehmondo‘stlik menejmenti yo‘nalishida 6 oylik Trenerlarni tayyorlash (TOT) dasturini boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Ushbu dastur Shveysariya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, BAA va Gruziyaning  mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlari va professor-o’qituvchilari tomonidan olib boriladi va ishtirokchilarga sohadagi eng so‘nggi bilim va ko’nikmalarni o‘zlashtirishga imkon beradi.

Trenerlar seminarlar, vebinarlar va interaktiv sessiyalar orqali turizm sohasida yetakchi ekspert va professor-o’qituvchilar bilan muloqot qilish, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish hamda o‘qitish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni yaxshilash uchun amaliy strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

36 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar