Payshanba, 17 Oktyabr 2024 10:22

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida BMT Turizm tashkiloti bilan hamkorlikda Trenerlarni tayyorlash (TOT) dasturi boshlandi

2024-yil 16-oktabr kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Xalqaro turizm akademiyasi BMT Turizm tashkiloti bilan hamkorlikda turizm sohasida 20 nafar trenerlarni malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan Mehmondo‘stlik menejmenti yo‘nalishida 6 oylik Trenerlarni tayyorlash (TOT) dasturini boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Ushbu dastur Shveysariya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, BAA va Gruziyaning  mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlari va professor-o’qituvchilari tomonidan olib boriladi va ishtirokchilarga sohadagi eng so‘nggi bilim va ko’nikmalarni o‘zlashtirishga imkon beradi.

Trenerlar seminarlar, vebinarlar va interaktiv sessiyalar orqali turizm sohasida yetakchi ekspert va professor-o’qituvchilar bilan muloqot qilish, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish hamda o‘qitish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni yaxshilash uchun amaliy strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O'qilgan 257 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar