Juma, 18 Oktyabr 2024 12:22

18-oktabr — Samarqand shahri kuni universitetimiz jamoasi tomonidan ko‘tarinkilik bilan nishonlandi

Tinch va osuda yurtga bayramlar yarashadi. Bugun 18-oktabr Samarqand shahri kuni. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandni o‘zgacha tarovat va go‘zallik qamrab oldi. Bugun samarqandliklarda bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Bayram munosabati bilan shaharning barcha hududlarida sayllar, konsert dasturlari, yarmarkalar boshlanib ketdi. Samarqand shahridagi Mustaqillik maydoni ham bayramona bezatilib, tadbirda barcha oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar o‘z ko‘rgazmalari faol ishtirok etmoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat jamoasi ham ushbu bayramga alohida tayyorgarlik ko‘rgan holda chiqishdi. Bayram tadbirida universitetimiz mahalliy va xorijlik talabalari o‘z milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari bilan faol bo‘lishdi.

O'qilgan 285 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar