Bugun 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Turizm akademiyasida universitetimiz professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, tyuterlar hamda talabalar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Dastlab bayram tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va kafedra mudirlari o‘zbek tilining bugungi kundagi o‘rni va roli xususida gapirishdi. Shundan so‘ng iqtidorli talabalar ishtirokida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalari tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lab yozilgan she’rlaridan namunalar o‘qib berildi.
Talabalar tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar bayramning yanada jozibali o‘tishiga xizmat qildi.