Chorshanba, 23 Oktyabr 2024 09:59

Universitetimiz talaba qizlari uchun “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2024-yilning 22-oktabr kuni  universitetimizda “Bizning jamiyatda taziyq va zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova,  Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova hamda bir guruh talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda oilalarda ma’naviy muhitni yanada yaxshilash va ayrim xotin-qizlarni taziyq va zo‘ravonlikdan himoya qilish kabi masalalarga yechim topish maqsadida  “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Tadbirda talaba qizlarga ushbu tadbirning ahamiyati, mazmun mohiyati xususida tushuntirishlar, zarur tavsiyalar berildi.

O'qilgan 215 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar