press

press

Shu kunlarda Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu tanlovning respublika bosiqichida  universitetimizning eng zukko, bilimdon va dono talaba-qizlaridan to‘rt nafari ishtirok etmoqda. Tanlovga ishtirok etayotgan universitetimiz talaba-qizlariga “Xotin-qizlar kengashi” raisi M.Abbosova bosh-qosh bo‘layapti.  

Ma’lumot uchun;

4-bosqich talabasi Shoxnigorbegim Jo‘raeva adabiyot yo‘nalishida

3-bosqich talabalari Sabina Mustafakulova fan yo‘nalishida

3-bosqich talabalari Fotima va Zuxro Baxromkulova jamoatchilik yo‘nalishida ishtirok etmoqda.

Universitetimiz jamoasi  Samarqand viloyati va oliygohimiz nomidan ishtirok etayotgan Zulfiyachi talaba-qizlarimizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Joriy yilning 30-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining darsdan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va “Kitob klub” loyihasi  loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida kitobning yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlar aytildi. Shuningdek tadbirda taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanining mazmun-mohiyati, asardagi voqeliklar so‘zlab berildi. Ayniqsa ushbu romanning ikkinchi jahon urushining boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi boshiga keltirgan kulfatlari, jangu- jadallaring insoniyatga xavf tug‘dirdirganligi, uning xalqimizga keltirgan mudhish oqibatlari va vatandoshlarimiz siymolari aks etgan badiiy obrazlari  haqida gapirib berildi.

Seshanba, 30 Yanvar 2024 11:22

Jarayon

         Joriy yilning 29-yanvaridan 2-fevraliga qadar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023-2024 o‘quv yili uchun qishki yakuniy imtihonlar  bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon jarayonlari “Tillar” va “Turizm menejmenti”, “Tarix va madaniy meros” kafedralari o‘qituvchilari tomonidan o‘tilgan fanlari bo‘yicha olinayapti. Og‘zaki, yozma va test ko‘rinishlarida bo‘lib o‘tayotgan bu jarayonlar talaba yoshlarning bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazmoqda. Talaba-yoshlarimizning bilimga bo‘lgan chanqoqligi ancha yuqori shu bois ularning imtihonlarga bo‘lgan tayyorgarligi ham qoniqarli bo‘lmoqda,-deydi nemis tili fani o‘qituvchisi Zohid Bektimrov.

         Barcha talaba-yoshlarimizga imtihon jarayonlarida omad tilaymiz.  

Dushanba, 29 Yanvar 2024 18:02

E’LON

Joriy yilning 13-fevral kuni soat 15:00 da Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda universitetimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Yakubova Madina Kutfidinovna tomonidan “Plagiatdan qochish” mavzusida universitetning 108-xonasida seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga qiziquvchilarni seminarga taklif etamiz.

         Har bir oliy ta’lim muasassasining ilmiy darajasini jamoada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilarning fanda erishgan yutuqlari, nufuzli jurnallarda chiqqan maqolalari, ilmdagi unvonlari belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, universitetimiz pedаgogik jamoasining ilmiy salohiyati kun sayin oshib bormoqda. Navbatdagi xushxabar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kengashining tavsiyasiga ko‘ra, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovnaning “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlandi.

         Universitetimiz jamoasi ham Nargiza Shamsidinovnaga ilmiy soha taraqqiyoti yo‘lida yuksak muvaffaqiyatlari muborak bo‘lsin va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.

         Joriy yilning 25-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining 1-son yig‘lishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Dastlab yig‘ilishda kun tartibidagi birinchi masala Prezident Adminstratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va viloyat hokimligining direktiv hujjatlarining oliygohimizdagi ijrosi yuzasidan universitet Birinchi prorektori J.Eltazarovning axboroti tinglandi. Ta’kidlandiki, o‘tgan yilda Prezidentimiz tomonidan turizm, ta’lim, ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilangan holda barcha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va viloyat hokimligining direktiv hujjatlarida belgilangan vazifalar ham o‘z vaqtida bajarilishga erishilgan.

         Shundan so‘ng kun tartibidagi ikkinchi masala universitetning 2024-yil uchun ish rejasini tasdiqlash yuzasidan universitetning Protokol kotibiyati bo‘limi boshlig‘i A.Izbasarova axborot berdi.

         Kun tartibidagi uchinchi masala universitet Senati a’zolari tarkibiga o‘zgarishlar kiritish va tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib, unga ko‘ra munosib nomzod bir ovozdan a’zolikka qabul qilindi.

         Oliygohning ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurovaning “Tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va dissertatsiya mavzularini tasdiqlash to‘g‘risida”gi axboroti Senat a’zolari tomonidan tasdiqlanishi bilan birga qizg‘in muhokamalarga ham sabab bo‘ldi va ayrim ilmiy rahbarlar va dissertatsiya mavzulari qaytadan ko‘rib chiqilishi xususida asosli fikrlar bildirildi. Kun tartibidagi yana bir masala oliygohimizning bir guruh professor-o‘qituvchilarini katta o‘qituvchi lavozimiga tavsiya qilish yuzasidan kafedra mudiri T.Sultonovning axboroti eshitildi va nomzodlar tomonidan ta’lim, ilm-fan sohalariga qo‘shib kelayotgan hissalari xususida to‘liq ma’lumotlar berildi. Kun tartibidagi so‘nggi masala “Professor-o‘qituvchi va xodimlarni lavozim vazifalarini tasdiqlash” yuzasidan xodimlar bilan ishlash (HR) bo‘limi boshlig‘i A.Xolboevning axboroti tinglandi.

         “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining 1-son yig‘lishi kuni tartibidagi barcha masalalar qizg‘in muhokamalardan so‘ng  tasdiqlandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan universitet progektori, prof. Toni Zou, Senat a’zolaridan A.To‘xtamishev, N.Mansurova, S.Matlabov va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Bugun 26-yanvar kuni oliygohimiz faollar zalida Samarqand viloyat turizm boshqarmasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristeti hamkorligida “Kelajakdagi turizm ustalari” nomli ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristeti, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Turizm va madaniy meros texnikumi talabalaridan tashkil tashkil topgan jamaolar o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in bellashuvning birinchi shartida jamoalar turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadidagi yangi startap loyihalari taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu shart davomida universitetimiz talabasi Shoxrux Xaytboyev jamoasi ingliz tilida turli qiziqarli mavzularda teatr tomoshalarini namoyish qilish orqali ularni qiziqtirishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, mustaqil tadqiqotchi Shaxriyor Sharipov jamoasi turistlar uchun qiziq bo‘lgan ochiq osmon ostidagi manzarali joylarda kinoteatrlarni tashkil qilish bo‘yicha taqdimot qildi.

Shundan so‘ng ikkinchi shart sabzavotlardan turli shakllardagi, mazali salatlar tayyorlash bo‘yicha ham ishtirokchilar o‘z iqtidorini namoyish qilishga harakat qildi. Jamoalar to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro kurash olib borishdi. Har bir shart yakuni bilan hakamlar jamoalarni baholab bordi. Yig‘ilgan ballarga ko‘ra, eng yuqori bal bilan 1-o‘ringa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Silk Road” jamoasi, 2-o‘ringa Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi “Tour Star” jamoasi va 3-o‘ringa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Samariya” jamoasi munosib deb topildi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumiga Saudiya Arabistoni Jidda shaxridan hamkorlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Margilon turizm va madaniy meros texnikumi o‘quvchilarining amaliyotini Saudiya Arabistonining Jidda shaxrida  utashlari yuzasidan kelishib olindi. Shundan so‘ng texnikum o‘quvchilarini suhbat asosida saralab olindi.  Hamkorlar tomonidan o‘tkazilgan suhbatdan 7 nafar bitiruvchi o‘quvchilar muvaffikiyatli o‘tishdi va Jidda shahrida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu o‘quvchilarning muvaffaqiyati bilan ularni qutlab qolamiz.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Oliy ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha o‘tkazilgan Xitoy-O‘zbekiston forumi Xitoyning Tyanszin shahridagi Tiankay Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Dastlab Forum ishtirokchilarini Tyanszin ta’lim bo‘yicha ishchi qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari Liu imon va O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inomjon Majidov qizg‘in qutladi. Shundan so‘ng shahar sanoat va axborot texnologiyalari byurosi va madaniy turizm byurosining hisoboti tinglandi.  Ahamiyatlisi, forumda O‘zbekiston universitetlari rektorlari tomonidan ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

 Tadbirning yakuniy qismida esa O‘zbekiston va Xitoy davlatlari oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi va  xitoylik va o‘zbekistonlik talabalarning qo‘shma chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 22-yanvar kuni Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan bo‘lib o‘tgan yuzta universitetning forumi doirasida Chet tillar ikkinchi Pekin universitetida O‘zbekistonning 37 ta ta’lim muassasasi va Xitoyning 110 ta universiteti ishtirokida yalpi majlis o‘tkazildi. Yalpi majlisda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va yelchixonalari vakillari, shuningdek, ta’lim muassasalari vakillari so‘zga chiqishdi. Forum doirasida “O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Pekin Deklaratsiyasi” e’lon qilindi.

Bundan tashqari, asosiy fanlar, muhandislik va IT, gumanitar fanlar va tibbiyot yo‘nalishlarida parallel bo‘limlar tashkil yetildi. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti proektori Professor Toni Zou gumanitar fanlar bo‘limida taqdimotlar qildi. Forumning yakuniy qismida Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlarni jamoaviy imzolash va hamkorlik qilish marosimi tashkil etildi.

38 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar