×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 29 Yanvar 2024 17:19

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining 2024-yildagi 1-son yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

         Joriy yilning 25-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining 1-son yig‘lishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Dastlab yig‘ilishda kun tartibidagi birinchi masala Prezident Adminstratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va viloyat hokimligining direktiv hujjatlarining oliygohimizdagi ijrosi yuzasidan universitet Birinchi prorektori J.Eltazarovning axboroti tinglandi. Ta’kidlandiki, o‘tgan yilda Prezidentimiz tomonidan turizm, ta’lim, ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilangan holda barcha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va viloyat hokimligining direktiv hujjatlarida belgilangan vazifalar ham o‘z vaqtida bajarilishga erishilgan.

         Shundan so‘ng kun tartibidagi ikkinchi masala universitetning 2024-yil uchun ish rejasini tasdiqlash yuzasidan universitetning Protokol kotibiyati bo‘limi boshlig‘i A.Izbasarova axborot berdi.

         Kun tartibidagi uchinchi masala universitet Senati a’zolari tarkibiga o‘zgarishlar kiritish va tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib, unga ko‘ra munosib nomzod bir ovozdan a’zolikka qabul qilindi.

         Oliygohning ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurovaning “Tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va dissertatsiya mavzularini tasdiqlash to‘g‘risida”gi axboroti Senat a’zolari tomonidan tasdiqlanishi bilan birga qizg‘in muhokamalarga ham sabab bo‘ldi va ayrim ilmiy rahbarlar va dissertatsiya mavzulari qaytadan ko‘rib chiqilishi xususida asosli fikrlar bildirildi. Kun tartibidagi yana bir masala oliygohimizning bir guruh professor-o‘qituvchilarini katta o‘qituvchi lavozimiga tavsiya qilish yuzasidan kafedra mudiri T.Sultonovning axboroti eshitildi va nomzodlar tomonidan ta’lim, ilm-fan sohalariga qo‘shib kelayotgan hissalari xususida to‘liq ma’lumotlar berildi. Kun tartibidagi so‘nggi masala “Professor-o‘qituvchi va xodimlarni lavozim vazifalarini tasdiqlash” yuzasidan xodimlar bilan ishlash (HR) bo‘limi boshlig‘i A.Xolboevning axboroti tinglandi.

         “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining 1-son yig‘lishi kuni tartibidagi barcha masalalar qizg‘in muhokamalardan so‘ng  tasdiqlandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan universitet progektori, prof. Toni Zou, Senat a’zolaridan A.To‘xtamishev, N.Mansurova, S.Matlabov va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O'qilgan 375 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2161{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar