Bugun 26-yanvar kuni oliygohimiz faollar zalida Samarqand viloyat turizm boshqarmasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristeti hamkorligida “Kelajakdagi turizm ustalari” nomli ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristeti, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Turizm va madaniy meros texnikumi talabalaridan tashkil tashkil topgan jamaolar o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in bellashuvning birinchi shartida jamoalar turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadidagi yangi startap loyihalari taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu shart davomida universitetimiz talabasi Shoxrux Xaytboyev jamoasi ingliz tilida turli qiziqarli mavzularda teatr tomoshalarini namoyish qilish orqali ularni qiziqtirishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, mustaqil tadqiqotchi Shaxriyor Sharipov jamoasi turistlar uchun qiziq bo‘lgan ochiq osmon ostidagi manzarali joylarda kinoteatrlarni tashkil qilish bo‘yicha taqdimot qildi.
Shundan so‘ng ikkinchi shart sabzavotlardan turli shakllardagi, mazali salatlar tayyorlash bo‘yicha ham ishtirokchilar o‘z iqtidorini namoyish qilishga harakat qildi. Jamoalar to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro kurash olib borishdi. Har bir shart yakuni bilan hakamlar jamoalarni baholab bordi. Yig‘ilgan ballarga ko‘ra, eng yuqori bal bilan 1-o‘ringa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Silk Road” jamoasi, 2-o‘ringa Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi “Tour Star” jamoasi va 3-o‘ringa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Samariya” jamoasi munosib deb topildi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.