Dushanba, 21 Oktyabr 2024 09:04

Universitetimiz jamoasi viloyat miqyosida o‘tkazilgan O‘zbek tili bayramida faol ishtirok etishdi

Bugun 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Bayram tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov va boshqalar so‘z olib dunyo miqyosida o‘zbek tilining yanada obro‘yi oshib borayotganligi xususida gapirishdi.
Shuningdek tadbirda Alisher Navoyi ijodidan she’rlar o‘qilib, san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Universitetimiz jamoasi ham A.Navoyi haykali poyiga gullar qo‘yib, unga hurmat bajo keltirishdi.

O'qilgan 241 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar