Bugun 14-oktabr kuni universitetimizda 26-xalqaro Ta’lim va kasb ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ta’lim ko‘rgazmasida Rossiya, Qozog‘iston, Litva hamda yurtimizdagi oliy ta’lim muasassalari o‘z ta’lim yo‘nalishlarini namoyish qilishdi. Samarqand shahridagi umumta’lim maktabi bitiruvchilari, abiturentlar ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Ahamiyatlisi, ushbu ko‘rgazmada universitetimiz Marketing va qabul bo‘limi mutaxassislari ham faol ishtirok etib tadbir ishtirokchilariga universitetimiz faoliyati, yo‘nalish turlari xususida yaqindan tushuntirishlar berishdi.