Dushanba, 15 Yanvar 2024 15:11

Umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan muloqot tashkil qilindi

Joriy yilning 13-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Marketing va rekruting bo‘limi xodimlari Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1- IDUM hamda 63- umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va shu bilan birga, universitetimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarni keng targ‘ib qilishdan iborat. Bo‘lim xodimlari asosan umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Tadbirlarda umumta’lim maktabi rahbariyati, o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. Unda so‘z olgan Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i Otabek Akbarov bugungi kunda yurtimizda xususan Samarqandda oliy ta’lim muasassalari ko‘pligi biroq davr talabi turizm sohasi bo‘lganligi bois “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ta’lim olish uchun eng qulay maskan ekanligi xususida gapirdi. Bitiruvchilar ham o‘z qiziqishlarini yashirib o‘tirishmadi va ko‘plab savollariga javob olishdi.

O'qilgan 145 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar