press

press

Joriy yilning 27-noyabr kuni universitetimizga Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyining bir guruh o‘quvchilaridan iborat yoshlarining sayohati tashkil qilindi. Oliygohimiz tyutori Pirnazar Islomov litsey o‘quvchilariga bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirib, ta’lim-tarbiya jarayonlari, ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Chorshanba, 29 Noyabr 2023 15:17

Iste’molchi doimo haq!

Joriy yilning 28-noyabr kuni universitetda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bo‘lim boshlig‘i F.Madaminov hamda Samarqand viloyat hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Ashurov tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda ishtirokchilarga huquqiy savodxonlikning afzalliklari yuzasidan tushunchalar berildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

O‘tkazilgan seminar davomida talabalarning iste’molchi sifatida duch kelishi mumkun bo‘lgan muammolar va ularni echimi bo‘yicha qator maslahatlar berildi.

13-17-dekabr kunlari Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual olimpiadasining hududiy saralash o‘yinlari 25-noyabr sanasida Samarqand shahridagi Yoshlar Markazida bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi intellektual olimpiadaning Samarqand viloyati saralash bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi qo‘lga kiritib keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kitirdi.

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichida 50 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etadi.

Universitetimiz jamoasiga omad tilaymiz!

Seshanba, 28 Noyabr 2023 17:34

Ijtimoiy himoya-davr talabi

Bugungi kunda universitetimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi  bo‘lgan talaba-qizlar va xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida alohida ro‘yxat shakllantirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad doimiy ravishda ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan qatlamga amaliy yordam ko‘rsatib borishdan iborat. Joriy yilning 27-noyabr kuni universitet rahbariyati, xotin-qizlar maslahat kengashi va kasaba uyushmaning oliygohdagi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan ayrim talabalar, professor-o‘qituvchilar, texnik hodimlar va tozalik uchun ma’sul bo‘lgan ayollarimizga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Universitetimiz talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida joriy yilning 24-noyabr kuni Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi qoshidagi “Chavandozlar maktabi” hududiga sayohati tashkil etildi.  Ma’lumki “Chavandozlar maktabi”da otlarning turli zotlariga mansublari pavarish qilinadi. Bundan tashqari bu yerda  doimiy ravishda chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ib qilish va ommalashtirish kabi muhim tadbirlar o‘tkazilib boriladi. Talabalar maktab rahbariyati va chavandozlar bilan yaqindan muloqot qilishdi.  

OLDINDAN TO‘LOV YO‘Q!

         Bolgariyada ishlash va sayohat-yozni qora dengiz sohilida yoki qishki ta’tilni chang‘i kurortlarida o‘tkazishni, mehmonxona biznesida mashq qilishni va bir vaqtning o‘zida pul ishlashni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat.

         Bo‘sh ish o‘rinlarining aksariyati mashhur bolgar kurortlaridagi mehmonxonalarda: Albena, quyoshli plyaj, Oltin qumlar va Konstantin.

         Shartnoma muddati uchun 3 oylik qisqa muddatli ish vizasi yoki 4-9 kengaytirilgan D vizasi bilan.

         Stajyor talabalar oyiga 500 evrodan boshlab stipendiya olishadi.

         Ish haqi, shuningdek, ish beruvchi tomonidan belgilangan ish jadvaliga (haftada ish kunlari soni) bog‘liq. Qoida tariqasida, bu 6 kunlik ish haftasi, kuniga 8 soat, dam bir olish kun.

         Xodimlar bepul turar joy, ovqatlanish va aviachiptalar bilan ta’minladi.

         Talab qilinadi:

  • Mexmonxona kutib oluvchisi
  • Barmen
  • Ishchi
  • Oshxona ishchisi

         Bandlik dasturi xarajatlari $200.

         Ushbu tulov evaziga:

 Aviachiptalar

 aeroportdan mehmonxonaga ko‘chirish,

  • maslahat
  • tibbiy sug‘urta

 mehnat ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish

Viza olish uchun to‘lovlar (qisqa muddatli C vizasi uchun 80 evro va uzoq muddatli D vizasi uchun 100 evro alohida to‘lanadi. Agar siz ushbu dasturga rozi bo‘lsangiz, advisors, 320 officedan batafsil ma’lumot olishingiz va @internship_silkroad yozishingiz mumkin.

Siz ajoyib hordiq chiqarish yoki mehnatingizga yarasha haq olishni orzu qilyapsizmi?

Unda vaqtni behuda sarflamang va Evropada o'‘ingiz orzu qilgan yuqori  maoshga ega bo‘lgan faoliyatni topishga kirishing.

Sizni 700 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari kutib turibdi.

+ 371 25777721 raqamiga ilova yoki telegram kanaliga yozing va ko‘proq ma’lumot oling va qulay imkoniyatni boy bermang!

Bundan tashqari siz batafsil ma’lumotni qayta tayyorlovchilardan yoki 320 xonadagi mutaxassislardan olishingiz mumkin.

https://www.workmanagement.lv/en/

OLDINDAN TOLOV YOQ!

         Antaliya sohilidagi (Turkiya) 5 yulduzli mehmonxonalar uchun ariza shakllarini qabul qilishni boshlaganligi e’lon qilinadi. Mavsum 2024        yilning may oyi o‘rtalaridan oktyabr oyigagacha davom etadi.

         Talab qilinadi:

  • sport va bolalar animatorlari (500 AQSh dolari ortiqcha qo‘shimcha)
  • ofitsiantlar (dan 500-600 AQSh dollari plus maslahatlar)
  • styuardessa va qabul (dan 500 AQSh dollari plus maslahatlar)
  • hidoyat-tarjimonlar (dan 500 AQSh dollari plus maslahatlar)
  • yordamchilar (sahnada bezaklarni o‘rnatish va 500$ AQSh dollaridan kostyumlar bilan yordam berish)
  • Xizmatkorlar, tozalovchilar, oshxona xodimlari (500 AQSh dollaridan).

               Ish tajribasi va tillarni bilish darajasi (xush kelibsiz).  
Ish jadvali: 6/1, 8 soatlik ish kuni.

Mehnat dasturi xarajatlari 350 (AQSh dollari)

Ushbu mablag‘ evaziga quyidagilar kiradi: aviachipta, aeroportdan mehmonxonaga o‘tkazish, maslahat, viza uchun ariza shakli, tibbiy sug‘urta.

Mehmonxona sizga mavsum oxirida bepul ovqatlanish, turar joy, forma, tibbiy sug‘urta va qaytish aviachiptasini taqdim etadi.

         Agar siz ushbu dastur shartlariga rozi bo‘lsangiz, rezyumeni ingliz tilida to‘ldirishingiz kerak. 2-3 ta to‘liq metrajli fotosuratlarni ilova qilish majburiydir (fotosuratlar fotoshopsiz bo‘lishi kerak, selfi emas). Rezyumeni ko‘rib chiqqandan so‘ng batafsil ma’lumotlar muhokama qilinadi.

Batafsil ma’lumotni @internship_silkroad, repetitorlar yoki 320 ofisidan olishingiz mumkin. Istaganlar yashash sharoitlari va bu yil Antaliyada amaliyot o‘tagan yigitlarimizdan so‘rashlari mumkin.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qiladi. Maqolalar joriy yilning 29-noyabriga qadar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Tanlov yakuniy natijalari bo‘yicha eng yaxshi yozilgan maqolalar bilan 3 ta o‘rin aniqlanadi va mualliflar taqdirlanadi.

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.

Universitetning Akademik taqvimiga koʻra, bakalavr ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun 2024-yil 8-yanvardan 19-yanvargacha qishki maktab boʻlib oʻtadi va dars jarayonlari 22-yanvardan boshlanadi.

Magistratura mutaxassisligi talabalari uchun 2024-yil 15-yanvardan dars jarayonlari boshlanadi.

50 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar