Joriy yilning 27-noyabr kuni universitetimizga Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyining bir guruh o‘quvchilaridan iborat yoshlarining sayohati tashkil qilindi. Oliygohimiz tyutori Pirnazar Islomov litsey o‘quvchilariga bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirib, ta’lim-tarbiya jarayonlari, ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari bo‘yicha tushuntirishlar berdi.