press

press

Payshanba, 23 Noyabr 2023 10:19

E’LON!

2023-yil 7-dekabr, 13.00-15.00 (Toshkent vaqti)da  “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar doirasida transmilliy turizmni mintaqaviy kengaytirish istiqbollari” mavzusida konferensiya o‘tkaziladi. Uchrashuv Moskva, Samarqand va Pekindagi konferensiya zallari bilan oflayn formatda tashkil qilinadi. Samarqand shahridagi univesitetimizning 230-xonasida konferensiya tashkil qilinayotganligi munosabati bilan universitetning tegishli ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda talabalarni anjumanda ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

Konferensiya kun tartibi ilova qilinadi
Konferensiya kun tartibi

Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Dilrabo Mardonova va to‘rtinchi  bosqich Tour 120-guruh talabalari bilan birgalikda Samarqand shahridagi “Mövenpick” mehmonxonasiga “Mehmondo‘stlikda iste’molchi xizmatlarini boshqarish” fanidan amaliyot darsini olib borish  uchun tashrif buyurdi.  Talabalar bilan birgalikda mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari, xonalar soni va turiga qarab narxlarning farqlanishini, ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar olishdi. Amaliyot talaba yoshlarni nazariy olgan bilimlarini yanada mustahkamladi hamda mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikma hosil qildilar.

Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimizning magistratura yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan 48 nafar talabaga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda universitetimiz Birinchi prorektorlari, prof. J.Eltazarov va J.Hoffman so‘z olib, bugungi kunda turizm sohasiga malakali mutaxassis tayyorlashda universitetimizning tutgan o‘rni xususida gapirdi. Shuningdek tadbirda bitiruvchi magistrlar va ularning ota-onalari ham so‘zga chiqib davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar haqida gapirib, ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.   

Toshkent shahridagi Westminster xalqaro universiteti tayanch doktoranti Raximova Nilufar hamda universitetimiz “Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi” tomonidan joriy yilning 15-noyabr kuni 08.00.17 –“ Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda barqaror turizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan ilmiy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliygohimizda talaba-yoshlar o‘rtasida bellashuvlar tashkil qilinib kelinayapti. Joriy yilning 21-noyabr kuni universitetimizning bilimli va zukko talabalari o‘rtasida Samarqand “Zakovat” klubining 1-liga bahslari o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvida talabalardan iborat 6 ta jamoa o‘zaro bellashishdi.

Joriy yilning 22 – noyabr kuni  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan Badminton bo‘yicha sport tadbiri o‘tkazildi. Unda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini armrestling sport turi bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida 2022-yildan boshlab armrestling sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan. 2023- yil 25-noyabridan esa yangi guruhlarni ochish rejalashtirildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

Seshanba, 21 Noyabr 2023 17:58

Sport salomatlik garovi

Mamlakatimiz miqyosida sportning ommaviyligini ta’minlash, bolalar sportini xususan xotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishida eng ezgu maqsad yurtimiz farzandlarining sogʻlom dunyoga kelishi, ulgʻayishi, tarbiya topishi va pirovard maqsadda millat genofonini yaxshilash maqsadi mujassamdir.

Ana shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023-yilning 20-noyabr kuni universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va sport klubi mas’ullari tomonidan      xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirish, barvaqt turli kasalliklarni oldini olish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ‘ib etish maqsadida unversitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimalar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi turlari bo‘yicha musoboqalar va tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida yugurish marafoni tashkil etildi.

Universitetimizda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 21-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori G. Xusainova tomonidan birinchi bosqich talabalari uchun “MOVIE DAY - Kino kuni” tashkil qilindi. Talabalar Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida bo‘lib u yerda “O‘zbek qizi” filmini tomosha qilishdi.

52 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar