Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Dilrabo Mardonova va to‘rtinchi bosqich Tour 120-guruh talabalari bilan birgalikda Samarqand shahridagi “Mövenpick” mehmonxonasiga “Mehmondo‘stlikda iste’molchi xizmatlarini boshqarish” fanidan amaliyot darsini olib borish uchun tashrif buyurdi. Talabalar bilan birgalikda mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari, xonalar soni va turiga qarab narxlarning farqlanishini, ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar olishdi. Amaliyot talaba yoshlarni nazariy olgan bilimlarini yanada mustahkamladi hamda mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikma hosil qildilar.