Universitetimizda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 21-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori G. Xusainova tomonidan birinchi bosqich talabalari uchun “MOVIE DAY - Kino kuni” tashkil qilindi. Talabalar Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida bo‘lib u yerda “O‘zbek qizi” filmini tomosha qilishdi.