Joriy yilning 28-noyabr kuni universitetda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bo‘lim boshlig‘i F.Madaminov hamda Samarqand viloyat hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Ashurov tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda ishtirokchilarga huquqiy savodxonlikning afzalliklari yuzasidan tushunchalar berildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O‘tkazilgan seminar davomida talabalarning iste’molchi sifatida duch kelishi mumkun bo‘lgan muammolar va ularni echimi bo‘yicha qator maslahatlar berildi.