Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida “Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.
“Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostidagi sport tadbir 1-7 dekabr kunlari o‘tkazilib, unda shaxmat, stol tennisi, suzish va futbol sport turlari bo‘yicha jamoalar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarni oliygohning sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiev va boshqalar hakamlar baholab borishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.